Bangladesh Elchisi bilan uchrashuv

2020-yilning 4-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Bangladesh Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Muhammad Jahangir Alamni qabul qildi.

Ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan Vazir Elchini lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi va ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashda unga muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlarni hozirgi holati va aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zbekiston tomoni Bangladesh bilan yengil sanoat, turizm va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga alohida ahamiyat berishi qayd etildi. Tomonlar ushbu yo‘nalishlarda aniq loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildilar.

Uchrashuvda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni faollashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuvda tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish va nomenklaturasini kengaytirish dolzarbligi ta’kidlandi.

Turli darajalarda bo‘lib o‘tadigan qo‘shma tadbirlar to‘g‘risida fikr almashildi.

Muzokaralar davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.