×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
15:32:00 (GMT +5), shanba, 26 - sentabr 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


12 - avgust 2020

“O‘zbekiston-AQSh-Afg‘oniston” shakli doirasida xavfsizlik masalalari muhokama qilindi

2020-yil 12-avgust kuni videokonferensaloqa vositasida “O‘zbekiston-AQSh-Afg‘oniston” uch tomonlama hamkorlik shakli Xavfsizlik bo‘yicha quyi qo‘mitasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda quyi qo‘mita hamraislari – O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari Salimjon Xusanov, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidikov, AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Nensi Jekson, AQSh Mudofaa vaziri yordamchisi o‘rinbosari Tomas Krochi, Afg‘oniston Prezidentining Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Salam Shah Ibrahimi, Afg‘oniston Milliy mudofaa vaziri o‘rinbosari Abdulhay Rauf, uchta davlatning mutasaddi vazirlik va idoralarning vakillari ishtirok etdi.

Tomonlar joriy epidemiologik holat yuzasidan fikr almashdilar, koronavirus infeksiyasining mintaqaviy va global xavfsizlikka ta’sirini muhokama qildilar. COVID-19 oqibatlarini bartaraf etish uchun kuchlarni birlashtirishning zarurligi qayd etildi.

Narkotrafik va terrorizmga qarshi kurashish samaradorligini oshirish uchun tomonlarning soha idoralari o‘rtasida chegaralarni qo‘riqlash va axborot almashish borasidagi hamkorlikni kengaytirishning muhimligi ta’kidlandi.

“Ayollar, tinchlik va xavfsizlik” kun tartibi bo‘yicha munosabatlarning dolzarb jihatlariga alohida e’tibor qaratildi. Ayollar va qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash sohasidagi aloqalarni mustahkamlash, ularga nisbatan kuch ishlatish va xotin-qizlarning sifatli ta’lim olishi borasidagi muammolarni hal qilish mexanizmlari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda qo‘shma kun tartibining boshqa masalalari ham ko‘rib chiqildi.



Marta o`qilgan: 1020