×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
16:17:55 (GMT +5), shanba, 26 - sentabr 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


10 - avgust 2020

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi axboroti

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan Rossiyaning Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridagi hamyurtlarimizni olib kelish uchun “Toshkent – Rostov-Don – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha temir yo‘l reysni tashkillashtirish to‘g’risida qaror qabul qilindi. Mazkur masala tashqi ishlar vazirligi tomonidan Transport vaizrligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan va Respublika maxsus komissiyasiga kiritlgan.

O‘zbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 10-avgust mahalliy vaqt bilan soat 13.20 da 918 nafar yurtdoshlarimiz bilan poezd “Pervomayskaya” stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nadi.

Vatanimizga qaytib kelganidan so‘ng O‘zbekiston fuqarolari Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qat’iy rioya qilgan holda karantinda bo‘lishlari shartligini eslatib o‘tamiz.

Hozirda Respublika maxsus komissiyasi tomonidan O‘zbekiston fuqarolarini Vatanimizga tezroq qaytarish uchun Rossiyaning turli hududlaridan reyslarni ko‘paytirish, reyslar, jumladan temir yo‘l reyslarining yo‘nalishi va turlarini kengaytirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.



Marta o`qilgan: 1131