×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
14:38:21 (GMT +5), seshanba, 29 - sentabr 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


23 - iyul 2020

Indoneziya bilan vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi

2020-yilning 23-iyul kuni videokonferensaloqa shaklida O‘zbekiston Respublikasi va Indoneziya Respublikasi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning sakkizinchi raundi bo‘lib o‘tdi.

Delegatsiyalarga O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidikov va Indoneziya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Desra Perchaya boshchilik qildi.

Muzokaralar chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Indoneziya munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari to‘g‘risida mufassal fikr almashildi, xalqaro tashkilotlar va tuzilmalar doirasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Hamkorlikni sifat jihatdan yangi darajaga olib chiqish maqsadida davlatlararo siyosiy muloqotga tizimlilik tusini berishga qiziqish bildirildi. Shu nuqtayi nazardan ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish uchun shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni mustahkamlash mexanizmlari batafsil muhokama qilindi. O‘zaro savdo aylanmasi hajmalarini oshirish va nomenklaturasini kengaytirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishning dolzarbligi, savdo aloqalarining hozirgi ko‘rsatgichlari tomonlarning mavjud salohiyatiga mos emasligi qayd etildi.

Joriy yilning ikkinchi yarmida Iqtisoiy va texnik hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Indoneziya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazishning tashkiliy jihatlariga muhim e’tibor qaratildi.

Delegatsiya rahbarlari turizm sohasidagi munosabatlarning dinamik xarakterini e’tirof etdilar, “ziyorat”-turizm va “halol”-turizmni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratishning muhimligini ta’kidladilar.

Madaniy-gumanitar hamkorlik, xususan pandemiya sharoitida qo‘shma tadbirlarni tashkillashtirish masalalari alohida ko‘rib chiqildi.

Ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikning rivojlanishi, jumladan Toshkent davlat agrar universiteti huzurida Bogor qishloq xo‘jaligi universiteti Tadqiqot markazi ochilishining rejalashtirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Mazkur yo‘nalishdagi faol ishlarni kelgusida ham davom ettirishga tayyorlik bildirildi.

Tomonlarni qizitirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.



Marta o`qilgan: 1139