×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
14:01:48 (GMT +5), seshanba, 29 - sentabr 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


21 - iyul 2020

BMT tuzilmalaridagi uchrashuvlar to‘g‘risida

2020-yil 20-iyul kuni Vena shahrida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sherzod Asadov BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi (BMT GMJQKB) ijrochi direktori Gada Vali, Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (IAEA) Bosh direktori Rafael Grossi va BMT Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO) bosh direktori Li Yong bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

BMT vakillari Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarga ijobiy baho berdilar. Mamlakatimizda kichik va o‘rta biznes va sanoat sektorini qo‘llab-quvvatlash, aholining turmush sharoiti yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, COVID-19 pandemiyasi davrida jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar alohida qayd etildi.

Gada Vali korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish borasidagi O‘zbekiston sa’y-harakatlarini yuqori baholadi. U O‘zbekistonda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilganini olqishladi va uning faoliyatida har tomonlama yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Tomonlar O‘zbekiston va BMT GMJQKB o‘rtasidagi hamkorlikning holati va istiqbollarini muhokama qildilar. BMT GMJQKB rahbari ushbu agentlik va BMT GMJQKB o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolashni va hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini belgilash va loyihalarni tadbiq etishga donorlik mablag‘larini yo‘naltirish maqsadida xalqaro standartlarga muvofiq respublikada korrupsiyaga qarshi kurash siyosati va strategiyalarini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Konseptual qaydnoma tayyorlashni taklif qildi.

IAEA tomonidan O‘zbekiston yadroviy infratuzilmasini rivojlantirishdagi muvaffaqiyatli hamkorlik, xususan, joriy yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan respublikaning yadroviy infratuzilmasini kompleks baholash bo‘yicha missiyaga birgalikda tayyorgarlik ko‘rish yuqori baholandi.

Agentlik rahbari Rafael Grossi O‘zbekiston yadro dasturining amalga oshirishilishi jarayonidan juda mamnunligini hamda yangi yadro davlatlari uchun O‘zbekiston IAEA bilan munosabatlarni qurish bo‘yicha namuna ekanligini qayd etdi.

IAEA rahbari texnik kooperatsiya loyihalari doirasida O‘zbekiston bilan, xususan Namangan onkologik dispanseri, Respublika endokrinologiya markazi, Samarqand davlat universiteti va Toshkent shahar onkologiya va radiologiya markazi bilan hamkorlik qilish muhimligini ta’kidladi.

UNIDO O‘zbekistonni mintaqadagi ulkan resurs, iqtisodiy va insoniy salohiyatga ega bo‘lgan muhim davlat sifatida ko‘radi. Shu munosabat bilan Li Yong respublikada mustahkam sanoat infratuzilmasi, universal va barqaror sanoatlashtirishni ta’minlash uchun sharoitlar yaratilganligini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Bosh direktor koronavirus pandemiyasidan ziyon ko‘rgan respublika iqtisodiyotining ayrim tarmoqlarini tiklash uchun UNIDO salohiyatini jalb qilishga yordam berishga tayyorligini izhor etdi.

Sanoatning “toza innovatsiya” va “yashil” texnologiyalar sohasidagi aniq loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikning istiqbollari ko‘rib chiqildi, bu esa barqaror sanoat dizayni va brendlash vositalarini rivojlantirish uchun sharoit yaratishi qayd etildi.

Bundan tashqari, o‘zaro munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadigan O‘zbekiston va UNIDO o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha Qo‘shma deklaratsiya va 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihalarini tayyorlash jarayoni muhokama qilindi.



Marta o`qilgan: 1371