×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
22:58:03 (GMT +5), juma, 25 - sentabr 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


17 - iyul 2020

Amur viloyatida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokidagi mojaro o‘z yechimini topdi

Avval xabar qilinganidek, 2020-yilning 13-iyul kuni Amur viloyati Svobodniy tumanidagi “Renaissance Heavy Industries” kompaniyasiga tegishli vaqtinchalik vaxta shaharchasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirokida hodisa yuz bergan edi.

Shu kunning o‘zida mojaro tafsilotlarini aniqlash va uni hal qilishda ishtirok etish, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qonuniy huquq va manfaatlari himoyasini ta’minlash maqsadida voqea joyiga Elchixona Bosh konsuli Mexriddin Xayriddinov yetib bordi.

Amur viloyati ma’muriyati, prokuratura va ichki ishlar organlari, “Renaissance Heavy Industries” kompaniyasi va uning subpudratchilari rahbariyati va vakillari bilan qator muzokaralar o‘tkazildi. Vatandoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, ularning noroziligiga sabab bo‘lgan omillar haqida batafsil axborotlar olindi.

Rossiya va Turkiya tomoni bilan hamkorlikda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasi o‘laroq muammoning barcha uchun maqbul yechimi topildi va vaqtinchalik shaharchada tartib-intizom tiklandi. 2020-yil 16-iyuldan O‘zbekiston fuqarolari ish tashlashni to‘xtatib, obyektda mehnat faoliyatini yana boshladi.

Hozirgi vaqtda Rossiya Federatsiyasi tergov organlari tomonidan yuz bergan hodisa yuzasidan protsessual harakatlar amalga oshirilmoqda. Tekshiruvlar nafaqat tartibsizliklar ishtirokchilariga nisbatan, balki ish beruvchi tomonidan mehnat qonunchiligining buzilishi bo‘yicha ham olib borilmoqda. O‘z navbatida, Elchixona mazkur jarayonda vatandoshlarimizning qonuniy huquq va manfaatlari buzilmasligi uchun barcha zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Shu bilan birga, Elchixona yuzaga keladigan barcha muammolarni noqonuniy, zo‘ravonlik usullari, vayrongarchilik va shantaj orqali emas, balki tinch yo‘l bilan, muloqot va muzokaralar orqali hal qilish zarurligini ta’kidlaydi. Fuqarolarni tartibsizliklarga chorlagan barcha shaxslar javobgarlikka tortiladi hamda qonunda belgilangan tartibda jazolanadi.

Rossiya hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarining qonuniy huquq va manfaatlari buzilgan taqdirda ular O‘zbekiston Elchixonasi va Bosh konsulxonalari, shuningdek, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha agentlikning vakolatxonasiga murojaat qilishlari mumkin. Murojaat uchun raqamlar Elchixona saytida http://uzembassy.ru/page/870 havolasida joylashtirilgan.


O‘zbekiston Respublikasining 

Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi



Marta o`qilgan: 1442