×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
14:32:56 (GMT +5), shanba, 26 - sentabr 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


16 - iyul 2020

O‘zbekiston uchun fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi konvensiya kuchga kirishi to‘g‘risida

2020-yil 12-iyulda O‘zbekiston Respublikasi uchun fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi MDH Konvensiyasi (Kishinyov shahri, 2002-yil 7-oktabr) kuchga kirdi.

Hozirgi kunda Armaniston, Belorus, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston Kishinyov konvensiyasining ishtirokchilari hisoblanadi.

Hujjat Tomonlar hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar va boshqa shaxslarga ularning shaxsiy, mulkiy va nomulkiy huquqlarining ishonchli huquqiy himoyasini ta’minlashga, shuningdek Tomonlarning vakolatli organlari o‘rtasida fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha yuridik yordam sohasida hamkorlik qilishga qaratilgan.

Mamlakatimizning Kishinyov konvensiyasiga qo‘shilishi huquqiy yordam ko‘rsatishda Tomonlarning markaziy, hududiy va boshqa organlari bilan hamkorlik qilishga imkon beradi. Bundan tashqari, Konvensiya ishtirokchi-davlatlar hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar va boshqa shaxslarni sud va notarial to‘lovlar va xarajatlarni to‘lashdan ozod qiladi hamda boshqa Tomonlar hududlarida o‘z fuqarolari bilan bir xil shartlarda bepul huquqiy yordamdan foydalanishni ko‘zda tutadi.

O‘zbekiston Respublikasi uchun ushbu Konvensiya kuchga kirishi munosabati bilan mamlakatimiz va Kishinyov konvensiyasining ishtirokchilari bo‘lgan davlatlar o‘rtasida 1993-yil 22-yanvardagi Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi konvensiya (Minsk konvensiyasi) va unga 1997-yil 28-martdagi Bayonnoma o‘z kuchini yo‘qotadi.

Konvensiyaning to‘liq matni bilan www.lex.uz saytida tanishish mumkin.



Marta o`qilgan: 1306