×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
23:57:45 (GMT +5), juma, 25 - sentabr 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


8 - iyul 2020

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Operativ shtabi ma’lumoti

O‘zbekistonning Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya-Qozog‘iston chegarasidagi “Mashtakovo” nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida va Orenburg viloyati Buzuluk shahrida mos ravishda 1300 va 700 dan ortiq vatandoshlar to‘plangan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Moskvadagi elchixonasi tomonidan fuqarolarning “Mashtakovo” nazorat-o‘tkazish punktiga borishga urinmasliklari, hozirda bo‘lib turgan joylarida qolishlari va barcha karantin choralariga qat’iy rioya etishlari to‘g‘risida berilgan ko‘p sonli ogohlantirishlarga qaramay, Qozog‘iston hududi orqali avtotransport vositalarida vatanga qaytish maqsadida fuqarolar Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegarasi yaqinida to‘planishni davom ettirmoqdalar.

Mintaqada koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq vaziyatning keskin yomonlashishi, Qozog‘istonda qat’iy karantin cheklovlari joriy etilishi munosabati bilan fuqarolarning qo‘shni davlatlar hududi orqali qaytishi tashkiliy va boshqa qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda, ayniqsa fuqarolarning sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda.

Ushbu holatni yurtdoshlarimizga tushuntirish maqsadida, mamlakatimizning Moskva shahridagi Elchixonasi va Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi rahbarlari fuqarolar to‘plangan joyga kelishdi.

Mavjud vaziyatni inobatga olgan holda, Rossiya hududida bo‘lib turgan fuqarolarimizdan cheklov choralariga to‘g‘ri baho berishlarini, Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegarasini kesib o‘tish punktlariga borishga urinmasliklarini, hozirda bo‘lib turgan joylarida qolishlarini va o‘zlarining va atrofdagilarning sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ymasliklarini yana bir bor so‘raymiz.

O‘zbekiston fuqarolari charter reyslarini tashkil etish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qaroriga binoan hamda muntazam “sariq” va “yashil” reyslar qayta tashkil etilishiga ko‘ra vatanga qaytadilar.

O‘zbekiston fuqarolari Rossiyadan charter reyslarida, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq olib chiqilishini eslatib o‘tamiz.



Marta o`qilgan: 909