×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
16:16:36 (GMT +5), shanba, 8 - avgust 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


8 - iyul 2020

O‘zbekiston Respublikasining JSTga kirishi bo‘yicha Ishchi guruhining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2020-yilning 7-iyul kuni Jenevada videokonferensiya shaklida O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga kirishi bo‘yicha Ishchi guruhining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimiz delegatsiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov boshchilik qildi.

Tadbir “gibrid formati”da maxsus onlayn platformada tashkil etilgan bo‘lib, ishtirokchi davlatlarning delegatsiyalari bevosita Tashkilotning Jenevadagi shtab-kvartira binosida, boshqa ishtirokchilar esa, jumladan, turli davlatlarning poytaxtlaridan ekspertlar - videokonferensaloqa orqali ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Respublikasining JSTga kirishi bo‘yicha Ishchi guruhi raisi, Koreya Respublikasining Jahon savdo tashkilotidagi doimiy vakili Dji-a Pek tadbir ishtirokchilarini O‘zbekiston tomonidan Tashkilotga kirish va zarur hujjatlarni tayyorlash jarayonida o‘tilgan bosqichlari bilan tanishtirdi.

Yig‘ilish davomida O‘zbekistonning JSTga kirishi nuqtai nazaridan Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati va istiqbollari to‘g‘risida ma’ruzasi taqdim etildi. Ushbu jarayonning qayta tiklanishi 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilanganligi va mamlakatning ko‘p tomonlama savdo tizimiga qo‘shilishi orqali tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biri ekanligi ta’kidlandi.

JST Bosh direktorining o‘rinbosari Alan Vulf Tashkilot Kotibiyati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri mamlakatlarga JSTga kirishda ko‘maklashish ekanligini ta’kidladi va shu sababli O‘zbekistonning Tashkilotga a’zo bo‘lish jarayonini tiklash to‘g‘risidagi qarorini olqishladi va Tashkilot rahbariyati nomidan ushbu tashabbusda barcha zarur yordamni ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

Shuningdek, bir qator boshqa davlatlar, mintaqaviy va tematik guruhlarning vakillari O‘zbekistonning JSTga kirishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan fikrlarini bayon qildilar.

Yig‘ilish doirasida O‘zbekistonning tashqi savdo rejimi to‘g‘risida kengaytirilgan Memorandumning muhokamasi bo‘lib o‘tdi va mamlakat tomonidan tashqi savdo sohasidagi tartibga solishni JSTga a’zo davlatlar tomonidan tan olingan me’yorlar va standartlarga muvofiqligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar qayd etildi. Shuningdek, Memorandum bo‘limlari bo‘yicha savol-javoblar sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonning JSTga kirishi bo‘yicha Ishchi guruhining 4-yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida Tashkilot Kotibiyatiga zarur hujjatlarning to‘liq to‘plami, jumladan, a’zo mamlakatlarning 300 dan ortiq savollariga javoblar, savdo sohasida texnik to‘siqlardan foydalanish, sanitariya va fitosanitariya choralari, bojxona baholash bo‘yicha suratli savollarning nazorat ro‘yxatlari, importni litsenziyalash jarayoni to‘g‘risidagi savolnoma, intellektual mulk huquqlarining savdo jihatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, milliy qonunchilikni JST bitimlarining me’yorlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha Reja taqdim etildi.

Tadbir davomida mamlakat tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning batafsil muhokamasi bo‘lib o‘tdi va ko‘tarilgan mavzular yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining JSTga kirishi bo‘yicha Muzokaralar guruhining tegishli tushuntirishlari berildi.

Yig‘ilish yakunida joriy yilning 20-iyulidan 31-iyuliga qadar tovar va xizmatlarining bozorga kirishini ta’minlash masalalari bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishga kelishib olindi. Shuningdek, JSTga kirish bo‘yicha muzokaralarning keyingi bosqichiga o‘tish, xususan, O‘zbekiston Tashkilotga kirishi bo‘yicha Ishchi guruh Ma’ruzasining asosi hisoblangan Faktologik xulosani tayyorlash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Tadbir yakunida O‘zbekiston tomoni yig‘ilish ishtirokchilariga O‘zbekistonning JSTga kirish tashabbusini qo‘llab-quvvatlaganligi uchun minnatdorchilik bildirdi va ushbu yo‘nalishda kelgusida konstruktiv hamkorlik qilishga umid bildirdi.



Muallif: O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rasmiy veb-sayti
Marta o`qilgan: 580