×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
16:02:30 (GMT +5), shanba, 8 - avgust 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


7 - iyul 2020

Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar o‘tkazildi

2020-yil 6-iyul kuni O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Seul shahriga tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Xva bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama sheriklikning keng ko‘lamli masalalari, shuningdek, ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni faollashtirish istiqbollari muhokama qilindi. Ko‘p jihatdan Koreya Respublikasi Prezidentining 2019-yil aprel oyida O‘zbekistonga amalga oshirilgan tashrifi tufayli erishilgan mamlakatlararo muloqotning yuqori darajasi ta’kidlab o‘tildi. Tashrif davomida qator bitim va shartnomalar imzolandi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan dunyoda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha eng katta muvaffaqiyatga erishgan davlatlardan biri sifatida e’tirof etilgan Koreyaning bu boradagi ilg‘or amaliyotini O‘zbekistonda joriy etish istiqbollari muhokama qilindi. Jumladan, pandemiyaga qarshi kurashda xalqaro sa’y-harakatlarni birlashtirish va muvofiqlashtirishga kelishildi.

Bundan tashqari, hukumat va vazirlar darajasida ikki tomonlama tadbirlarni tashkil etish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Ular orasida O‘zbekiston va Koreya Bosh vazirlari o‘rinbosarlarining 3-yig‘ilishi, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar va savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Koreya hukumatlararo qo‘mitasining navbatdagi 10-yig‘ilishi, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokidagi biznes – forumi ham bor.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra mamlakatlararo hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi va umumiy vazifalarni bajarish uchun birgalikdagi faoliyatni davom ettirish bo‘yicha har ikki tomon tayyorigi ta’kidlandi.



Muallif: O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rasmiy veb-sayti
Marta o`qilgan: 664