×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
15:55:15 (GMT +5), shanba, 8 - avgust 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


7 - iyul 2020

Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik uchun konsensusni mustahkamlash” mavzusidagi videokonferensiya to‘g‘risida

2020-yil 6-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik uchun konsensusni mustahkamlash” mavzusidagi onlayn videokonferensiyada ishtirok etdi. Tadbir Afg‘oniston Tashqi ishlar vazriligi tomonidan tashkillashtirildi.

Tadbirda Afg‘oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani, shuningdek, Afg‘oniston bo‘yicha “Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni” va “Qobul jarayoni” formatlarining a’zo davlatlari vakillari ishtirok etdi.

Konferensiya Afg‘oniston TIV rahbari Hanif Atmar tomonidan olib borildi.

Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani inkyuziv afg‘onlararo muzokaralarni boshlash to‘g‘risida kelishuvga erishilishining muhimligini, bu esa mamlakatda zo‘rovonlik kamayishiga olib kelishini qayd etdi. Afg‘onistonning “Osiyoda totuvlik markaziga” aylanishi va mintaqaviy mushtaraklikni mustahkamlashda asosiy rolni o‘ynashi zarurligi alohida ta’kidlandi.

Afg‘oniston rahbari chegaraning uzluksiz ishlayotganligi va koronavirus pandemiyasi sharoitida gumanitar yordam ko‘rsatayotganligi uchun qator mamlakatlarga, jumladan O‘zbekistonga minnatdorlik izhor etdi.

Tadbir chog‘ida Afg‘onistondagi mojaroni hal qilish hamda afg‘onlararo tinchlik muzokaralarini tezroq boshlash bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlar ham muhokama qilindi.

Mojarodan keyingi Afg‘onistonda barqaror tizim o‘rnatish, mamlakat iqtisodiyotini qayta tiklash hamda mazkur davlatdagi siyosiy jarayon rivojlanishida afg‘on xalqining rahbarlik roli tamoyiliga amal qilish masalalari bo‘yicha xalqaro hamjamiyat sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirishning katta ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.

Afg‘onistonga har tomonlama ko‘maklashishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida batafsil fikr almashildi.



Marta o`qilgan: 608