×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
15:27:18 (GMT +5), shanba, 8 - avgust 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


6 - iyul 2020

YXHTning raqamli texnologiyalar davrida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha konferensiyasi haqida

2020-yil 6-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sherzod Asadov “Raqamli texnologiyalar davrida samarali boshqaruv va korrupsiyaga qarshi kurash: shaffoflik, yaxlitlik va hisobdorlik tamoyillarini mustahkamlash” mavzusida yuqori darajadagi konferensiyada ishtirok etdi. Tadbir Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) tomonidan videokonferensaloqa shaklida tashkil etildi.

Tadbirda YXHTning amaldagi raisi, Albaniya Respublikasi Bosh vaziri va Yevropa va tashqi ishlar vaziri Edi Rama, YXHT Bosh kotibi Tomas Greminger, BMT Bosh kotibining o‘rinbosari – BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi ijrochi direktori Gada Vali, YXHT ishtirokchi mamlakatlari va xalqaro tuzilmalar vakillari ishtirok etdi.

Konferensiya davomida davlat tuzilmalarining hisobdorligini kuchaytirish, korrupsiyaga qarshi kurashda raqamli texnologiyalar, innovatsiyalar, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining rolini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari konferensiya ishtirokchilariga mamlakatimizda barcha sohalarda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganligi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Sherzod Asadov O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganini ta’kidladi. Mamlakat rahbariyati tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish, aholining huquqiy madaniyatini mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurashda OAV va fuqarolik jamiyatining rolini oshirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Shu munosabat bilan yaqinda ushbu sohada davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun maxsus vakolatli organ bo‘lgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilganligi qayd etildi.



Marta o`qilgan: 666