×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
15:16:11 (GMT +5), shanba, 8 - avgust 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


6 - iyul 2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidentini yubiley bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 6-iyul kuni Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari suhbat avvalida Nursulton Abishevich Nazarboyevni yubiley bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va yangi zafarlar tiladi.

Elboshining zamonaviy Qozog‘istonni barpo etish, kuchli davlat boshqaruvi institutlari va milliy kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish, mamlakat raqobatbardoshligi, xalqaro nufuzini oshirishga va, eng muhimi, aholining yuksak turmush darajasini ta’minlashga qaratilgan samarali ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi tarixiy roli alohida qayd etildi.

Nursulton Nazarboyevning muvaffaqiyatli amalga oshirilgan yirik tashabbuslaridan biri – jadal rivojlanib borayotgan Qozog‘istonning “tashrif qog‘ozi”ga aylangan yangi poytaxt - Nur-Sulton shahriga asos solingani ta’kidlandi.

Elboshining global xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, turli hududlardagi mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish, Markaziy Osiyoda integratsiyani kuchaytirish va barqaror taraqqiyotga erishish borasidagi tashabbuslari xalqaro hamjamiyatda keng e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti mamlakatlarimiz o‘rtasidagi qardoshlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga katta hissa qo‘shdi.

Bugungi kunda O‘zbekiston va Qozog‘istonning ko‘p qirrali hamkorligi izchil rivojlanishda davom etmoqda hamda savdo-iqtisodiy, investitsiya, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport-logistika, ta’lim va boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi aniq qo‘shma dastur va loyihalar hisobiga kengayib bormoqda.

Muloqot chog‘ida yetakchilar ikki tomonlama va xalqaro ahamiyatga molik qator dolzarb masalalarni muhokama qildilar. Koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish, pandemiyaning o‘zaro manfaatli hamkorlikka salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha o‘zaro yaqin muvofiqlashuv va sheriklikni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Suhbat har doimgidek samimiy, ochiq va do‘stona ruhda o‘tdi.



Muallif: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
Marta o`qilgan: 527