×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
04:46:58 (GMT +5), seshanba, 11 - avgust 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


1 - iyul 2020

Ukraina Elchisi bilan uchrashuv

2020-yilning 1-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Ukrainaning Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Nikolay Doroshenkoni qabul qildi.

Vazir ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilar ekan, Elchini ushbu lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va unga O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashdagi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

Uchrashuvda turli sohalardagi O‘zbekiston-Ukraina hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, turizm, ta’lim, tibbiyot va boshqa sohalardagi munosabatlarni rivojlantirishga alohida urg‘u berildi.

Qo‘shma tadbirlarni, jumladan har tomonlama hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Ukraina Hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisini o‘tkazish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Suhbat chog‘ida koronavirus pandemiyasi ikki tomonlama savdo aylanmasi ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi. Shu nuqtayi nazardan O‘zbekiston va Ukraina ishbilarmon doiralari, savdo-sanoat palatalari va hududlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

Tomonlar qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirishga, fan, texnika va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni faollashtirishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildilar.

Muzokaralarda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.


Anvar Ilyasov olgan surat



Marta o`qilgan: 879