×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
17:13:19 (GMT +5), shanba, 8 - avgust 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


10 - iyun 2020

O‘zbekistonning Latviyadagi Elchixonasi vakillari Liepaya shahriga tashrif buyurishdi

O‘zbekiston Respublikasining Latviya Respublikasidagi diplomatik vakolatxonasi vakillari Transport vazirligi davlat kotibi o‘rinbosari Uldis Reymanis taklifiga ko‘ra ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirish maqsadida sanoati rivojlangan Liepaya shahriga tashrif buyurishdi.

Liepaya shahri meri Yanis Vilnitis, boshqa rasmiy shaxslar, ishbilarmon va biznes doiralari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Jumladan, tashrif dasturidan Liepaya maxsus iqtisodiy zonasiga (LMIZ) borish, paxtani chuqur qayta ishlash hamda gigiyena va kosmetologiya mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “iCotton” top-menejerlari bilan muzokaralar o‘tkazish, “Liepajas Trans Storage”ning omborxona binolari holati bilan tanishish o‘rin olgan edi.

Shahar meriyasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikka ham e’tibor qaratildi. Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari bilan ijtimoiy fanlar, jumladan pedagogika, san’atshunoslik, muhandislik va mexanika sohalarida kadlar tayyorlashga ixtisoslashgan Liepaya universiteti o‘rtasida yanada yaqin aloqalarni o‘rnatish imkoniyati ko‘rib chiqildi.

Elchixona bergan ma’lumotga ko‘ra shahar rahbariyati tomonidan Liepaya oliy ta’lim muassasalarida o‘zbekistonlik talaba va tinglovchilar sonini sezilarli oshirishga qiziqish bildirilgan.

Uchrashuvda COVID-19 koronavirusi tarqalishining oldini olish, uning ijtimoiy va iqtisodiy salbiy oqibatlariga qarshi kurashish bo‘yicha ham tajriba almashildi.

Shaharga tashrif doirasida diplomatik vakolatxona vakillari LMIZ va Boltiq dengizida eng katta terminalga ega bo‘lgan Liepaya porti faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.

Uchrashuvlar yakunlariga ko‘ra O‘zbekistondan Latviyaga eksport qilinadigan tovarlar nomenklaturasini kengaytirish borasida qator kelishuvlarga erishildi.



Marta o`qilgan: 606