×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
03:04:39 (GMT +5), yakshanba, 16 - avgust 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


10 - iyun 2020

TTDHK doirasida sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi

2020-yil 8-iyun kuni birinchi marta Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (TTDHK) huzuridagi Sog‘liqni saqlash bo‘yicha muvofiqlashtirish qo‘mitasining yig‘ilishi tashkillashtirildi.

Tibbiy muassasalar va tegishli profildagi tuzilmalar o‘rtasida doimiy muloqot o‘rnatish tashabbusi 10-aprel kuni bo‘lib o‘tgan Turkiy kengashining COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash bo‘yicha navbatdan tashqari sammitida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan edi.

Videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda TTDHK mamlakatlari sog‘liqni saqlash vazirlarining 28-aprel kuni bo‘lib o‘tgan muzokaralarida belgilangan masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda koronavirus infeksiyasi profilaktikasi, tashxisi va olib borilayotgan epidemiologik tadqiqotlar bo‘yicha ma’lumot almashildi hamda kasallikning oldini olish va davolashning yangi usullarini ishlab chiqishda hamkorlik qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

A’zo va kuzatuvchi mamlakatlarning tibbiyot sohasidagi mutaxassislari uchun onlayn treninglar, tibbiyot xodimlarning salohiyatini oshirish bo‘yicha dasturlar hamda videokonferensaloqa shaklida xalqaro ilmiy-amaliy tadbirlarni o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi.

Bundan tashqari, COVID-19 ga qarshi kurashda mamlakatlar o‘rtasida umumiy ma’lumotlar bazasi va epidemiologik monitoring tizimini yaratishga qaror qilindi.

Muzokaralar davomida tibbiy asbob-uskunalar, dori-darmon vositalari, bir marta ishlatiladigan mahsulotlarni yetkazib berish, sog‘liqni saqlash infratuzilmasiga sarmoyalarni jalb qilish, innovatsion IT tizimlarini ishlab chiqish hamda yangi zamonaviy shifoxonalar qurilishi bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirishni ta’minlaydigan “Ta’minot zanjiri guruhi” tuzilmasi ham tasdiqlandi.

Uchrashuv qatnashchilari TTDHK mamlakatlaridan davlat va xususiy sektor vakillari ishtirokida sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha biznes-forum o‘tkazishga kelishib oldilar.



Marta o`qilgan: 663