×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
02:50:53 (GMT +5), yakshanba, 16 - avgust 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


28 - may 2020

“O‘zbekiston - AQSh - Afg‘oniston” shaklidagi birinchi majlis to‘g‘risida

2020-yil 27-may kuni videokonferensaloqa shaklida “O‘zbekiston - AQSh - Afg‘oniston” birinchi uch tomonlama majlisi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov, AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Devid Heyl va Afg‘oniston Tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar ishtirokida o‘tdi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari “O‘zbekiston - AQSh - Afg‘oniston” uch tomonlama shakli Afg‘onistondagi tinchlik jarayonini ilgari surish, mamlakat iqtisodiyotini tiklash, shuningdek, uni mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga faol jalb etishga qaratilgan amaliy takliflarni tayyorlash bo‘yicha dolzarb maslahatlashuv mexanizmi ekanligini qayd etdilar.

Tomonlar Afg‘oniston inklyuziv hukumatini shakllantirish va Milliy yarashuv bo‘yicha Oliy kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi joriy yil 17-mayda imzolangan siyosiy bitim tuzilishini, Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” harakati tomonidan mahbuslarni ozod qilish amaliyotini davom ettirilishini yuqori baholadilar.

“Surxon – Puli-Xumri elektr uzatish liniyasi, Pokiston dengiz portlariga chiqish imkonini beruvchi “Mozori-Sharif – Kobul”, “Mozori-Sharif – Hirot” temir yo‘llari qurilishi kabi muhim loyihalarni jadal tadbiq etish zarurligi ta’kidlandi.

Videokonferensiya ishtirokchilari qayd etganidek, COVID-19 pandemiyasi afg‘on xalqiga insonparvarlik yordamini berish, avvalo, dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha xalqaro hamkorlikni kengaytirish zarurligini taqozo etmoqda. Shu o‘rinda, AQSh va Afg‘oniston vakillari O‘zbekiston rahbariyatiga Afg‘onistonga tovarlarni uzluksiz yetkazib berish, shuningdek, koronavirus tarqalishi davrida tranzit yuk tashish ta’minlangani uchun minnatdorlik izhor etdilar.

Ishni optimallashtirish va uch tomonlama shaklda hamkorlikni samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida tomonlar muhokama qilingan hamkorlik yo’nalishlari bo’yicha tegishli ishchi guruhlarini tashkil etishga kelishib oldilar.

Tadbir yakunida “O‘zbekiston - AQSh - Afg‘oniston” uch tomonlama uchrashuvining Qo‘shma bayonoti qabul qilindi.



Marta o`qilgan: 1179