×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
10:37:55 (GMT +5), chorshanba, 12 - avgust 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


21 - may 2020

Buyuk Britaniyaning Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili bilan muzokaralar to‘g‘risida

2020-yil 20-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Buyuk Britaniyaning Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Garet Beyli bilan videokonferensaloqa shaklida muzokaralar o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Buyuk Britaniyaning Afg‘oniston inqirozini hal qilishdagi sa’y-harakatlari, shuningdek, afg‘onlararo tinchlik muzokaralarini tezroq yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Britaniya tomoni O‘zbekistonning Afg‘oniston inqirozining siyosiy yechimidagi roliga alohida qayd etdi.

Afg‘oniston milliy iqtisodiyotini tiklash va mamlakatda turli infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda O‘zbekiston-Buyuk Britaniya hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Muzokaralarda O‘zbekistonning Londondagi Elchisi Said Rustamov va Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi Elchisi Timoti Torlot ishtirok etdilar.



Marta o`qilgan: 943