×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
21:54:12 (GMT +5), yakshanba, 31 Маy 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


17 - may 2020

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yilning 17-may kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qozog‘iston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, farovonlik va yangi zafarlar, qardosh Qozog‘iston xalqiga esa tinchlik va ravnaq tiladi.

Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek koronavirus infeksiyasi tarqalishining ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlik va amalga oshirilayotgan ishlar alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

Prezidentlar yangi xatalar va umumiy tahdidlarni yengib o‘tish uchun yaqin hamkorlikni davom ettirish muhim ekanini ta’kidladidar.

O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Muloqotning institutsional mexanizmlarini hamda o‘zaro savdo va investitsiyalar ko‘rsatkichlarini oshirishga qaratilgan birgalikdagi sa’y-harakatlarni faollashtirish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika sohalari, boshqa ustuvor tarmoqlarda istiqbol yo‘nalish va loyihalarni ilgari surish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Xalqaro siyosatga oid qator masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Muloqot yakunida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi Prezidentlari qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashda qat’iy ekanliklarini tasdiqladilar.

Suhbat har doimgidek samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.



Muallif: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
Marta o`qilgan: 250