×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
21:38:41 (GMT +5), yakshanba, 31 Маy 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


15 - may 2020

O‘zbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi xayriya aksiyasi o‘tkazdi

2020-yilning 14-may kuni O‘zbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi saxiy vatandoshlarimiz ko‘magida ikkita katta qozonda o‘zbekona palov tayyorlab, “#Rahmat!” xayriya aksiyasini o‘tkazdi.

Jumladan, “Insonlar hayotini qutqarayotgangiz uchun #rahmat!” loyihasi doirasida o‘zbek milliy taomi Moskva shahrining turli tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan ko‘p sonli rossiyalik shifokorlarga tarqatildi.

“O‘zini o‘zi yakkalash tartibiga amal qilayotgangiz uchun #rahmat!” shiori ostida Rossiya poytaxtidagi hostellarda charter reyslari tashkil etilgunga qadar Elchixona tomonidan joylashtirilgan o‘zbekistonliklarga osh yetkazib berildi. Shuni qayd etish joizki, o‘zbekona palov tarqatilgan vatandoshlarimiz orasida COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirib, Rossiya hukumati talablariga binoan, o‘zini o‘zi yakkalash tartibiga o‘tgan hamda shifokorlar nazorati ostida davolanayotgan fuqarolarimiz ham mavjud.

“#Rahmat!” aksiyasi O‘zbekistonning Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Saxovat va ko‘mak” tashabbusi doirasida vatandoshlarimizga yordam berish maqsadida olib borilayotgan ishlarning davomi bo‘ldi. Har kuni mehnat migrantlariga, talabalarga va boshqa fuqarolarimizga oziq-ovqatlar, dori-darmonlar va gigiyena vositalari yetkazib berilishi yo‘lga qo‘yilgan.

O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari saxiy homiylarga va barcha do‘stlarga koronavirus infeksiyasi bilan birgalikdagi kurashga berayotgan yordami uchun minnatdorlik bildiradi.



Muallif: O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi
Marta o`qilgan: 503