O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
7 - may 2020

Eron Tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida

2020-yilning 7-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif bilan telefon orqali muloqoti bo‘lub o‘tdi.

Suhbat avvalida tomonlar 6-may kuni ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasida juda samarali hamda ochiqlik va yaxshi qo‘shnichilik ruhida bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotni yuqori baholadilar.

TIV rahbarlari savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya sohalaridagi hamkorlik sur’atlarini oshirish masalalari bo‘yicha fikr almashdilar.

Suhbat chog‘ida Afg‘onistondagi holat, xalqaro hamjamiyatning mazkur mamlakatdagi mojaroni hal qilish borasidagi sa’y-harakatlari yuzasidan ham fikr almashildi.

Vazirlar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatdagi boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqdilar.



Marta o`qilgan: 557