O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
6 - may 2020

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi 2020-yil 5-may kuni Moskva viloyatining Ramenskiy tumanidagi shaxsiy turar-joyda yong‘in oqibatida 6 nafar mamlakatimiz fuqarolari halok bo‘lgani to‘g‘risida ma’lum qildi.

Rossiyaning vakolatli organlari tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Ushbu holat O‘zbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasining Konsullik bo‘limi nazoratiga olingan.

TIV Konsullik-huquqiy departamenti halok bo‘lganlarning oila-a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi va Rossiyadagi mamlakatimiz fuqarolari zarur hollarda O‘zbekiston Elchixonasiga ( tel.:+ 7-499 230-00-76, + 7-499-238-36-20) hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasiga (tel.: +7-925-045-47-44) murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi.



Marta o`qilgan: 1410