×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
22:22:47 (GMT +5), yakshanba, 31 Маy 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


30 - aprel 2020

Turkiy kengash mamlakatlari transport vazirlarining navbatdan tashqari yig‘ilishi o‘tkazildi

2020-yilning 30-aprel kuni Turkiy kengash mamlakatlari transport vazirlarining videokonferensiya shaklidagi navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishga bag‘ishlangan navbatdan tashqari sammitida ilgari surgan tashabbuslarini amalga oshirish doirasida tashkil etildi.

Tadbirda Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkiya, O‘zbekiston, Vengriyaning tegishli vazirliklari rahbarlari hamda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bosh kotibi ishtirok etdi.

Koronavirusning yangi turiga qarshi kurash sharoitida transport operatsiyalari uzluksizligini ta’minlash yo‘llari muhokama qilindi.

Vazirlar “Sharq-G‘arb” Transkaspiy xalqaro transport yo‘lagi orqali yuklarni tashishda yengilliklar yaratish va global pandemiya oqibatlarining mintaqa davlatlari iqtisodiga salbiy ta’sirini bartaraf qilish uchun zarur choralarni ko‘rish imkoniyatini muhokama qildilar.

Onlayn-uchrashuv qatnashchilari transport kvotalari, tranzit hujjatlari, a’zo davlatlar o‘rtasidagi yig‘imlar va haydovchilik vizalari yo‘nalishlarida o‘zaro imtiyozlar taqdim qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishga kelishib oldilar.

Kaspiy dengizi bo‘yicha Ro-Ro yo'nalishida yig‘imlarni pasaytirish, zarur qo‘shimcha tranzit hujjatlarini taqdim qilish va bir-birlarining hududlaridan o‘tish uchun to‘lovlarni o‘zaro bekor qilish ham muhokama qilindi.

Yig‘ilishda yuk tashuvlari va logistikani samarali muvofiqlashtirish hamda dolzarb muammolarga tezda yechim topish maqsadida tomonlarning transport va savdo vazirliklari hamda bojxona boshqarmalari vakillaridan iborat maqsadli guruh tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.



Marta o`qilgan: 899