×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
20:58:04 (GMT +5), yakshanba, 31 Маy 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


23 - aprel 2020

O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasidagi hamkorlikning borishi muhokama qilindi

2020-yilning 21-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzakov, Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti S.Myuller, Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha yangi vitse-prezidenti A. Berde va Bankning O‘zbekistonda loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha mas’ul xodimlari ishtirokida videokonferensiya bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston hukumatining COVID-19 infeksiyasi tarqalishi va uning iqtisodiy oqibatlari bilan kurashishga qaratilgan chora-tadbirlari va sa’y-harakatlarini Jahon banki tomonidan qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq qo‘shma loyiha va kelishuvlarni amalga oshirishning amaldagi holati muhokama qilindi.

Bank rahbariyatining ma’lum qilishicha, “COVID-19 koronavirusi infeksiyasiga shoshilinch javob" loyihasi uchun 95 mln.dollar miqdorida va "O‘zbekistonda bozor islohotlarining barqarorligini ta’minlash" loyihasini qo‘shimcha moliyalashtirish uchun 200 mln.dollar miqdorida qarz bitimlari bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlangan va ushbu tashabbuslarni moliyalashtirishni tasdiqlash yaqin kunlarda kutilmoqda.

Muloqot chog‘ida S. Myuller O‘zbekiston hukumatining pandemiyaga qarshi qaratilgan chora-tadbirlardagi, jumladan, aholini himoya qilish maqsadida infeksiya tarqalishiga tezkor javob berish va nazorat qilish, banklar va biznes faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va hatto qattiq karantin ostida ish o‘rinlari saqlab qolishdagi, ustuvorliklarining izchilligi va to‘g‘ri joylashtirilishiga yuqori baho berdi. S.Myuller "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi qaror uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga alohida minnatdorchilik bildirib, ushbu orden O‘zbekistonda loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etgan Jahon banki jamoasining muvaffaqiyatli ishini tan olishini bildirishini, va o‘zaro munosabatlarning sifat jihatidan yangi ko‘lami va hamkorlikka alohida ishonch darajasini anglatishini ta’kidladi.

O‘zbekiston tomonidan S. Myullerning Jahon bankining O‘zbekiston bilan hamkorlikka mas’ul vitse-prezidenti sifatidagi faoliyatiga yuqori baho berilib, ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish borasida ko‘rsatilgan ko‘mak uchun minnatdorchilik bildirildi.

Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha yangi vitse-prezidenti, joriy yilning 1 may oyidan o‘z faoliyatini boshlashi kutilayotgan, A. Berde iqtisodiy islohotlarning ijobiy dinamikasi va mamlakatni jadal rivojlantirish uchun keng istiqbollar mavjudligini inobatga olgan holda O‘zbekiston bilan bevosita hamkorlik qilish imkoniga ega bo‘lganidan xursand ekanligini aytib o‘tdi.

Videokonferensiya yakuniga ko‘ra aviatsiya, elektr va gaz sohalarini isloh qilish, 2020-2025 uchun bank tizimini isloh qilish strategiyasini ishlab chiqish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi, oliy ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi, shuningdek, soliq islohotlariga ko‘maklashish va soliq ma’murchiligini yanada takomillashtirish kabi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik doirasidagi chora-tadbirlar rejalashtirib olindi.

Jahon banki rahbariyati bilan joriy loyihalarni jadal amalga oshirishni, hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini qamrab olgan holda hamkorlik ko‘lamini kengaytirish imkoniyatlarini o‘rganishni nazarda tutib O‘zbekiston bilan ishlashning uzluksizligini ta’minlash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.



Muallif: O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati
Marta o`qilgan: 412