×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
23:34:19 (GMT +5), chorshanba, 8 - iyul 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


30 - mart 2020

O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi axboroti

Ma’lumotlarga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda va Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolari orasida yaqin kunlarda O‘zbekistonga bo‘ladigan charter reyslari haqida yolg‘on xabarlar tarqalmoqda. Firibgarlar Vatanga qaytishni istagan fuqarolar haqida “ma’l­umotlar yig‘ish” va yo‘lovchilar “ro‘yxati”ni tuzishni boshlab yuborgan.

Bu kabi yolg‘on xabar va mish-mishlarga ishonmasligingizni va ularni tarqatmasligingizni so‘rab qolamiz. 2020-yilning 30-martidan 20-apreliga qadar O‘zbekiston Respublikasining barcha aeroportlari yopilib, aviaqatnov to‘xtatilmoqda. Elchixona Rossiyada qolishga imkoniyati mavjud fuqarolarga koronavirus infeksiyasini yuqtirmaslik va/yoki uni tarqatmaslik uchun vaqtinchalik/doimiy yashash joylarini tark etmasliklarini tavsiya qiladi. Fuqarolarimizni Rossiyada qabul qilingan koronavirus bilan kurash talablariga qat’iy amal qilishni, odamlar to‘plangan joylar, ayniqsa, aeroportlarga bormaslikni, barcha safarlarni qoldirish, tashqi aloqalarni cheklash va gigiyena qoidalariga amal qilishni so‘rab qolamiz.

Vatanga qaytish istagida bo‘lgan fuqarolarimiz https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdZRBcqDzpl3Kt1PfGMz5jtfFnycFzWdpCvJ-V9he21MXqxYQ/viewform?usp=pp_url havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim. Charter reyslar haqidagi ma’lumotlar https://t.me/UzKoRus­Charts Telegram kanaliga joylashtiriladi.

Rossiyadagi vatandoshlarimizni yana bir bor firibgarlar tarqatayotgan mish-mishlarga ishonmasliklarini, pul o‘tkazish orqali charter reyslarga aviachipta sotib olish haqidagi takliflarni inkor qilishlarini, xotirjamlikni saqlagan holda rasmiy manbalarni kuzatib borishlarini so‘rab qolamiz:

Veb-sayt: uzembassy.ru

Facebook: @UzEmbassy.ru

Instagram: @UzEmbassy-Russia



Marta o`qilgan: 2228