×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
01:45:29 (GMT +5), payshanba, 2 - aprel 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


26 - mart 2020

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibining koronavirus tarqalishiga qarshi olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘tkazilgan brifingdagi nutqi

(26.03.2020y., Toshkent sh.)

Assalomu alaykum hurmatli OAV vakillari,

Yangi turdagi koronovirusning tarqalishi natijasida dunyoning ko‘plab davlatlari qatorida O‘zbekistonda ham keskin choralar ko‘rilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi diplomatik vakolatxonalar va hamkorlar bilan birgalikda o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda davom etmoqda.

Hamyurtlarimizning chet el hududida qonuniy bo‘lib turishlari uchun viza va boshqa turdagi ro‘yxatdan o‘tish masalalarini hal qilishda amaliy ko‘mak berilmoqda.

Xususan, Rossiyaning migratsiya qonunchiligini buzgan O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan jazo choralar ko‘rishni vaqtincha to‘xtatib turish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Bu kabi muzokaralar Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va boshqa davlatlarning tegishli idoralari bilan ham olib borilmoqda.

Ikki nafar fuqaromizga og‘ir jarrohlik operatsiyasini amalga oshirish uchun Toshkentdan Moskvaga yetkazishda amaliy yordam ko‘rsatildi.

Yevropa investitsiya banki kredit liniyasi va boshqa manbaalar asosida koronavirusga qarshi kurash uchun tibbiy asbob-uskunalar va jihozlarni sotib olish masalasi ishlab chiqildi.

Koreya universiteti professori Soy Chje Ukani O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishda maslahatchi sifatida taklif qilish masalasi ishlab chiqildi.

Xitoydan yuqori malakali va tajribali mazkur yo‘nalishdagi 5 mutaxassisni O‘zbekistonga jalb qilish masalasi hal qilindi.

O‘zbekistonning vakolatli organlari va Singapur, Xitoy, AQSh va boshqa davlatlarning tibbiyot uskunalarini ishlab chiqaradigan tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatishda amaliy yordam ko‘rsatildi.

Koronavirusga qarshi kurashda xorijiy davlatlar tajribasi muntazam o‘rganilmoqda va O‘zbekistonning vakolatli tashkilotlariga yetkazilmoqda.

Hozirgi vaqtda Tashqi ishlar vazirligi faoliyatida chet-eldagi fuqarolarimizni vatanga qaytarish va charter reyslarini tashkil etish eng asosiy masala bo‘lib qolmoqda.

23 martdan e’tiboran qo‘shni davlatlar bilan chegara o‘tkazish punktlari yopilishi munosabati bilan O‘zbekistonning Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan chegaralarida ko‘plab fuqarolarimiz to‘planishi kuzatilmoqda. Xususan, TIVga kelib tushgan ma’lumotga ko‘ra 25 mart soat 19.00 holatiga ko‘ra Qozog‘istondan 1 450 dan ortiq, Qirg‘izistondan 550 dan ortiq fuqarolarimizni uyushgan holda chegaradan o‘tkazish masalasi hal qilindi.

26 mart holatiga ko‘ra Operativ shtablarga 16 000 dan ziyod O‘zbekiston fuqarolari va 2000 dan ortiq chet el fuqarolari vatanga qaytishni so‘rab murojaat etdilar. Qaytishni istagan fuqarolarimiz ro‘yxati muntazam yangilanmoqda va Davlatimiz rahbari topshirig‘iga binoan tuzilgan Respublika maxsus komissiyasi va vakolatli tashkilotlarga kundalik ravishda yetkazilmoqda.

TIV va xorijdagi vakolatxonalarimizga minglab murojaatlar kelib tushgan. Ushbu murojaatlar asosida Rossiya, Turkiya, Misr, Hindiston, Malayziya, Koreya Respublikasi, Indoneziya, Tailanddan 20 ta charter reyslari orqali jami 5000 ga yaqin fuqarolarimiz O‘zbekistonga qaytarildi.

Charter reyslarini tashkil etish uchun yetarli murojaat bo‘lmagan taqdirda ham fuqarolarimizni xorijdan qaytarish ishlari olib borilmoqda. Xususan, Misrdan 4 nafar, AQShdan 7 nafar, Shri Lankadan 4 nafar fuqarolarimiz boshqa davlatlar orqali O‘zbekistonga qaytarildi.

Xorijdagi fuqarolarimiz orasida yangi turdagi koronavirusga chalingan 1 ta holat qayd etilgan bo‘lib, ushbu bemor hozirda Avstriyada karantinga olingan, ahvoli yaxshi va kasallikning yengil formasi tashhisi qo‘yilgan. Vaziyat Elchixonamiz doimiy nazoratida.

Hozirda Turkiyada, xususan Istanbuldagi vaziyat tarangligicha qolmoqda. Hurmatli Istanbuldagi fuqarolarimiz, Bosh konsulxona O‘zbekistonga qaytmokchi bo‘lgan fuqarolarimiz ro‘yxatini tuzib, uni TIVga yuboradi. Ushbu ro‘yxat har kuni murojaatlar asosida yangilanib, to‘ldiriladi va vakolatli idoralarga, xususan Respublika maxsus komissiyasiga, Transport, Sog‘liqni saqlash, Favkuoldda vaziyatlar vazirligiga va milliy aviakompaniyamizga yuboriladi. Ushbu idoralar hamkorlikda charter reyslarini amalga oshirish va tashkiliy masalalarni hal qiladi.

Istanbuldan 21 va 24 mart kunlari charter reyslari tashkillashtirilishi natijasida 500 ga yaqin vatandoshlarimiz O‘zbekistonga qaytarildi. Ushbu jarayon davom etadi.

Lekin Bosh konsulxona oldida to‘planib, diplomatlarimiz vakolatiga kirmaydigan turli talablar qo‘yish (zudlik bilan charter reysini tashkillashtirish) bilan masalani hal qilib bo‘lmaydi, vaziyat tarangligicha qolaveradi.

Shu o‘rinda Bosh konsulxonaga o‘z murojaatlaringizni +90 537 668 49 60 raqamga WhatsApp va Telegram messenjerlari orqali yuborishingiz mumkin, jumladan, pasport va agar mavjud bo‘lsa aviachipta nusxasi.

Mamlakatimizda ham o‘z yurtiga keta olmagan chet el fuqarolari qayd etilgan. Tashqi ishlar vazirligi Toshkentdagi xorijiy mamlakatlar diplomatik vakolatxonalari bilan yaqin aloqada bo‘lib turib, bugungi kunga qadar aloqador vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 3000 dan ortiq chet el fuqarolarini o‘z vatanlariga qaytish maksalasi hal qilindi. Xorij fuqarolari ham vaziyatni tushunib, O‘zbekistonning ichki tartib va qoidalariga rioya etib, sabrli bo‘lib, o‘z elchixonalari bilan aloqada bo‘lib turishgan va ularning ko‘rsatmalari asosida aeroportga borib o‘z vatanlariga qaytib ketganlar.

Hurmali Turkiyadagi fuqarolarimiz, sizni biroz sabrli va matonatli bo‘lishga, tinchlik va osoyishtalikni saqlashga chaqirib qolamiz.

Bugungi og‘ir vaziyat nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda kuzatilmoqda. Xattoki yirik rivojlangan davlatlar ham falaj holiga kelib, muammoni hal qilishda katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ba’zi davlatlar esa hatto o‘z fuqarolarini ham qabul qilishdan bosh tortmoqda.

Lekin xorij davlat fuqarolari vaziyatni to‘g‘ri baholab, o‘z hukumatlariga dastak bo‘lmoqda va ortiqcha muammo keltirib chiqarmaslikka harakat qilmoqda.

Mamlakatimiz ham albatta bu og‘ir damlardan o‘tib oladi. Biz buyuk ajdodlar avlodimiz, bundan ham qiyin va mashaqqatli damlarda g‘ururimizni, madaniyatimizni yo‘qotmasdan qiyinchiliklarni matonat bilan yengib o‘tgan xalqmiz. O‘zligimizni yo‘qotmasdan, sarosimaga tushmasdan, sabr va qanoat bilan vaziyatni idrok qilib, og‘ir bosiqlik bilan mavjud holatga yondashishga undaymiz.



Marta o`qilgan: 611