×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
00:41:39 (GMT +5), payshanba, 2 - aprel 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


23 - mart 2020

Moskvaning “Vnukovo” aeroportidagi vaziyat to‘g‘risida

O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan xalqaro havo, avtomobil va temir yo‘l aloqalarini to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab, O‘zbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi tomonidan qiyin vaziyatda qolgan vatandoshlarga yordam berish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Xususan, 24 soatlik Operativ shtab tashkil etildi, vatandoshlarimizning Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtincha bo‘lish va mehnat patentlari muddatlarini mamlakatni tark etmasdan uzaytirish masalasi hal qilindi, karantin choralariga qaramay o‘zbekistonlik talabalarni Rossiya oliy ta’lim muassasalari yotoqxonalaridan chiqarib yubormaslik bo‘yicha Rossiyaning tegishli vazirlik va idoralari bilan ish olib borildi, Rossiya tomonidan COVID-19 virusi RNKni aniqlash uchun test-tizimlari olindi. Vatandoshlarni Rossiyadan olib chiqish uchun beshta charter reysi va uchta temir yo‘l poyezdi tashkil etildi.

Elchixona o‘z vatanlariga ucha olmagan va Moskva aeroportlarida qolib ketgan o‘zbekistonliklar bilan bog‘liq vaziyatni doimiy nazoratga olgan. Elchixona diplomatlari har kuni aeroportlarga tashrif buyurib, joylardagi ahvolni o‘rganmoqda va u erdagi fuqarolarimizga oziq-ovqat tashkillashtirishda yordam bermoqda.

Elchixona tomonidan olib borilgan muzokaralar natijasida “Vnukovo” aeroporti rahbariyati vatandoshlarimizning vaqtincha turishi uchun “B” terminalini ajratdi, u er tibbiy punkt, sanuzel, issiq ovqat va mebel jihozlari bilan ta’minlangan.

Afsuski, diplomatlarning barcha ishontirishlari va urinishlariga qaramay, “B” terminalida yaratilgan maxsus zona faqat kunlik ovqatlanish uchun ishlatilmoqda, ro‘yxatga olish punktlari esa hamyurtlarimizning doimiy turar joylari bo‘lib qolmoqda.

Elchixona vatandoshlarga qulayliklar yaratish maqsadida ularni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan ajratilgan mablag‘ hisobidan vaqtincha turar joy bilan ta’minlash masalasini ishlab chiqdi. Bugungi kunga qadar “Vnukovo” aeroportida kuniga uch marta ovqatlanish imkoniga ega taxminan 150 kishi uchun joylar tayyorlangan (raqam doimiy ravishda o‘zgarmoqda), bu haqda vatandoshlar tezda xabardor qilindi. Elchixonaning ushbu taklifini vatandoshlar inkor etmoqdalar va charter reyslarini kutib aviabiletlarni rasmiylashtirish punktlarida qolishni afzal ko‘rmoqdalar.

Elchixona yangi charter reyslari tashkil etilgunga qadar 150 nafar hamyurtlarga “Vnukovo” aeroportida vaqtincha turar joy bilan ta’minlashga tayyorligini yana bir bor tasdiqlaydi va o‘z ma’lumotlarini (pasport va bog‘lanish ma’lumotlari) “Vnukovo” aeroportidagi “Uzbekistan Airways” AJ vakolatxonasiga kerakli choralar ko‘rish uchun taqdim etishlarini so‘rab murojaat etadi.

Shu o‘rinda mavjud vaziyat tufayli Vatanga qayta olmaydigan va aviachiptalarga ega fuqarolar soni ko‘paygan taqdirda, o‘z vaqtida murojaat bo‘lganda Elchixona tomonidan ularni joylashtirish choralari ko‘riladi.

Bundan tashqari, jurnalistlar va blogerlar uchun Elchixonaning vatandoshlarga yordam berish bo‘yicha faoliyati to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlar diplomatik vakolatxonaning elektron manbalarida, shu jumladan uzembassy.ru rasmiy veb-saytida, “Facebook” (@UzEmbass.ru), “Instagram” (@UzEmbassRussia) ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida, shuningdek, Telegram-botida (@UzKoRusBot) muntazam joylashtirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining

Rossiya Federatsiyasidagi

Elchixona



Marta o`qilgan: 147