×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
13:56:16 (GMT +5), yakshanba, 29 - mart 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


20 - mart 2020

Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga

Mamlakatimizning Moskva shahridagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2020-yil 19-mart kuni Rossiya Ichki ishlar vazirligi xorijiy fuqarolarning Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtincha bo‘lish muddatlarini uzaytirish tartibiga izoh berdi.

2020-yil 19-martdan boshlab xorijiy fuqarolar Rossiyada vaqtincha bo‘lish muddatini uzaytirishlarii mumkin. Buning uchun ular ariza bilan Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining eng yaqin hududiy organiga murojaat qilishlari kerak.

Rossiyaga vizani talab qilmaydigan tarzda kelgan chet el fuqarolari mamlakat hududida bo‘lish muddatini uzaytirishlari mumkin, xatto mazkur muddat tugagan bo‘lsa ham.

Chet el ishchilarini jalb qilish va ulardan foydalanish uchun beriladigan ruxsatnomalarga va Rossiya hududida bo‘lib turgan chet el fuqarolariga ishlash huquqini beradigan ruxsatnomalar uchun ariza qabul qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Ta’kidlanishicha, mehnat muhojirlari yangi patent olish uchun Rossiya Federatsiyasidan tashqariga chiqmasdan va tegishli arizalarni berish muddatini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilmasdan murojaat qilishlari mumkin.

Hujjatning to‘liq matni bilan https: //xn--b1aew.xn--p1ai/news/item/19812878/ havolada tanishish mumkin.

Elchixona Rossiyada hududida bo‘lish mudatida tugaydigan hamyurtlarimizga imkon qadar tezroq Rossiya ichki ishlar vazirligining eng yaqin hududiy organiga tegishli ariza bilan murojaat qilishlarini qat’iy tavsiya qiladi.

Hamyurtlarimiz zarur holatlarda O‘zbekistonning Moskva shahridagi va Rossiyaning hududlaridahi diplomatik vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz (manzillar va telefon raqamlar quyidagi havolada joylashtirilgan http://uzembassy.ru/page/870).



Marta o`qilgan: 82