×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
12:58:52 (GMT +5), yakshanba, 29 - mart 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


21 - mart 2020

Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga tabrik maktubi yuborildi

21-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov hamkasbi, Rossiya Federatsiyasi tashqi siyosat idorasi rahbari Sergey Viktorovich Lavrovni 70 yoshga to‘lgani munosabati bilan tabrik maktubi yo‘lladi.

O‘zbekiston TIV rahbari maktubida 2020-yil 20-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev "O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik aloqalarini rivojlantirishdagi ulkan yutuqlari, barcha sohalardagi ko‘p qirrali ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish, ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashdagi muhim hissasi uchun Sergey Viktorovich Lavrovni "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida"gi qarorni imzolagani qayd etildi.

Shuningdek, tabrikda ta’kidlanganidek, Sergey Lavrovni O‘zbekistonda "taniqli davlat va siyosat arbobi, tajribali rahbar, yuqori malakali diplomat va Rossiyaning haqiqiy vatanparvari" sifatida tanishadi va u butun dunyoda hurmat qozongan.

Rossiya Federatsiyasi tashqi siyosat idorasi rahbarining hozirgi O‘zbekiston-Rossiya hamkorligini sifat jihatidan yangi boshqichga chiqarishga, strategik va sherikchilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissasi yuqori baholandi hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlik izchil rivojlanib borishiga ishonch bildirildi.



Marta o`qilgan: 209