×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
14:27:56 (GMT +5), yakshanba, 29 - mart 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


20 - mart 2020

Moskva shahridagi “Vnukovo” va “Sheremetevo” aeroportlaridagi vaziyat to’g’risida

O‘zbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra Ayni paytda Moskva shahrining “Vnukovo” va “Sheremetevo” xalqaro aeroportlarida ikki mamlakat o‘rtasida havo, avtomobil va temir yo‘l aloqasi to‘xtatilgani tufayli mamlakatimizga parvoz qila olmagan hamyurtlarimiz mavjud.

Elchixona tomonidan “Vnukovo” aeroporti rahbariyati bilan o‘tkazilgan muzokalar natijasida yurtdoshlarimizning vaqtincha qolishi uchun “B” terminali ajratildi. Bu yerda zarur sharoitlar yaratilgan bo‘lib, jumladan, tibbiyot punkti, hammom va hojatxonalar mavjud, issiq ovqat berilishi yo‘lga qo‘yilgan, mebellar (kreslo, divanlar, stol va stullar) o‘rnatilgan. Qator tushuntirishlarga qaramay, fuqarolarimiz maxsus belgilangan hududga borishdan bosh tortib, hali hamon “Vnukovo” aeroportining ro‘yxatdan o‘tish joyida qolmoqdalar.

Shu o‘rinda yurtdoshlarimizdan, mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda, iloji boricho tezroq “B” terminalga o‘tishlarini so‘raymiz.

Elchixona “Sheremetevo” aeroportidagi vaziyatni ham nazorat ostiga olgan hamda hozirda Rossiya hukumati bilan boshqa davlatlardan Moskvaga tranzit orali uchib kelgan fuqarolarimizni olib chiqish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. O‘zbek diasporasi vakillari va homiylar bilan birgalikda vatandoshlarimizni issiq ovqat bilan ta’minlash masalasi ham hal etilmoqda.

Yana bir bor Rossiya hududidagi vatandoshlarimizni xotirjamlikka chorlab, imkon qadar, ehtiyot choralariga qat’iy rioya qilgan holda doimiy/vaqtinchalik yashash joyini tark etmasliklarini so‘raymiz.

Avval xabar qilinganidek, 2020-yil 19- martdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik bo‘lish muddatini uzaytirishlari mumkin. Buning uchun ular o‘zlari bo‘lgan joyga eng yaqin Ichki ishlar vazirligi hududiy bo‘limiga tegishli ariza bilan murojaat qilishlari lozim.

Ozbekiston Respublikasi TIV Matbuot xizmati



Marta o`qilgan: 369