O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
15 - mart 2020

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

2020-yilning 14-mart kuni mamlakatimizning Bishkek shahridagi Elchixonasi Qirg‘izistonning qator universitetlarida o‘qishini ko‘chirish va vatanda ta’lim olish uchun hujjatlarini olmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonik talabalardan iborat navbatlar haqidagi xabarni tasdiqladi.

Vaziyat Elchixona nazorati ostida. Muammoni belgilangan tartibda hal qilish uchun Qirg‘iziston rasmiylari bilan bir qator muzokaralar o‘tkazildi.

Shuningdek, O‘zbekistonning ta’lim muassasalari vakillari tegishli hujjatlarni markazlashtirilgan tartibda olish uchun Qirg‘iziston universitetlariga yuborildi.

Tashqi ishlar vazirligi vatandoshlarga zarur holatlarda O‘zbekistonning Bishkekdagi Elchixonasiga + 996-312-986-296 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi.



Marta o`qilgan: 1318