O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
6 - mart 2020

O‘zbekiston Elchixonasi feyk xabarlarga javob berdi

2020-yil 6-mart kuni O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi ijtimoiy tarmoqlarda anonim foydalanuvchilari tomonidan bir muddat oldin diplomatik vakolatxonaning rasmiy saytida berilgan 2020-yil mart oyiga rejalashtirilgan aviareyslar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni yolg‘on degan feyk xabarlarni rad etdi.

Elchixona yana bir bor Koreya Respublikasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga shuni taʼkidladiki, aviaqatnovlar hech qanday o‘zgarishsiz quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

8 mart kuni – «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi tomonidan (uchish vaqti 22:50 da);

15 mart kuni – «Asiana Airlines» aviakompaniyasi tomonidan;

22 mart kuni – «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi tomonidan;

29 mart kuni –«Asiana Airlines» aviakompaniyasi tomonidan.

“Hurmatli vatandoshlar, Sizdan har xil yolg‘on maʼlumotlarga ishonmasligingizni va savollar tug‘ilgan taqdirda “Uzbekistan Airways” AJning Seul shahridagi vakolatxonasiga quyidagi raqam orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz (+82 10-8718-6850)”, – deyiladi Elchixonaning rasmiy internet-resurslarida joylashtirilgan xabarda.



Marta o`qilgan: 1231