×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik boshqarmasi

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
15:39:34 (GMT +5), payshanba, 2 - iyul 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


6 - mart 2020

O‘zbekiston Elchixonasi Yaponiya hududida vaqtincha yoki doimiy bo‘lib turgan fuqarolarimizga murojaat qildi

2020-yil 6-mart kuni O‘zbekiston Respublikasining Tokio shahridagi Elchixonasi o‘zining rasmiy veb-saytiFacebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi va Telegram messenjeridagi kanalida vatandoshlarimizga murojaatnoma joylashtirdi. Uning matni Yaponiyadagi O‘zbekistonlik yoshlar assotsiatsiyasi va “O‘zbekiston-Nagoya” do‘stlik assotsiatsiyasi ko‘magida ham keng tarqatildi.

“Hozirgi kunda Yaponiya hududida koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar soni oshib, kasallik tarqagan prefekturalar ko‘payib borayotgani hammamizni xavotirga solmasdan iloji yo‘q, – deyiladi murojaatda. – Ushbu kasallik tarqalishi bilan kurashish maqsadida Yaponiya Hukumati aniq chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Yaqin kelajakda virus tarqalishining kamayishiga va uning xavfi keskin susayishiga umid qilib qolamiz.

Bunday sharoitda, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ham mamlakatimiz aholisi sog‘ligini saqlash, koronavirusning respublikamizga kirib kelishini oldini olish maqsadida bir qator choralar ko‘rmoqda.

Xususan, joriy yilning mart oyidan “Toshkent-Tokio-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar boshlanishi rejalashtirilgan edi. Ammo virus tarqalishi sharoitida va ehtiyot chora sifatida, mazkur aviaqatnov vaqtinchalik bekor qilindi.

Bundan tashqari, joriy yilning 1 martidan boshlab O‘zbekistonga Yaponiyadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki boshqa davlatlar orqali fuqarolar bir vaqtda uyushgan holda kirib kelganda, ular Epidemiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasi qaroriga muvofiq belgilangan muassasalarda 14 kunlik karantinga joylashtirib, tibbiy nazorat, tashxisot va davolash ishlari o‘tkaziladi.

Ushbu choralar vatanimiz xavfsizligini va xalqimiz sihat-salomatligini ta’minlashga xizmat qilishiga ishonamiz. Sizlar va yaqinlaringizdan, agar bu choralar ayrim noqulayliklar tug‘dirayotgan bo‘lsa, ushbu holatni to‘g‘ri tushinishingizni va qo‘llab-quvvatlashingizni so‘rab qolamiz.

O‘z navbatida, oldingi murojaatnomalarimizda qayd etganimizdek, barchangizdan kerakli ehtiyot choralarini ko‘rishingizni, xususan barcha sanitar-gigiyenik talablarga rioya qilishingizni, odamlar ko‘p to‘planadigan jamoat joylarida maxsus niqoblardan foydalanishingizni, go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilishda uning yaxshi pishganligiga e’tibor qaratishingizni, maxsus gigiyenik dezinfeksiya va tozalash vositalaridan foydalanib yurishingizni so‘raymiz.

Agar o‘zingizda kasallik alomatlarini (haroratning oshishi, yo‘tal, holsizlanish va hokazolar) sezsangiz, darhol maxsus tibbiyot muassasalariga murojaat qilishingiz so‘raladi.

Elchixona konsullik bo‘limining +8170-1273-4900 telefon raqami har kuni 24 soat mobaynida sizning murojaatlaringizni qabul qilishga tayyor. Aviaqatnovlar masalalari bo‘yicha +8170-1431-0026 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

Bundan tashqari, kasallik alomatlarini sezsangiz darhol +8150-3816-2787 raqamiga xabar berishingizni va ularning ko‘rsatmalariga amal qilishingizni so‘raymiz.

Kuzatilayotgan sharoitda Elchixona hamma vatandoshlarimizga imkon qadar yordam berishga tayyor ekanligini bildiradi. Xususan, hozirgi kunda himoya niqoblari yetishmovchiligini inobatga olib, Elchixona cheklangan miqdorda bo‘lsa ham, niqoblar zahirasiga ega ekanligini va ehtiyoj sezayotgan vatandoshlarimiz Elchixonadan niqobni bepul olishi mumkinligini bildirmoqchimiz”.



Marta o`qilgan: 1124