O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
5 - mart 2020

O‘zbekiston va Yaponiya diplomatik va rasmiy passport egalari uchun o‘zaro vizasiz rejimni joriy qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 17-20-dekabr kunlari Yaponiyaga qilgan rasmiy tashrifi chog‘ida paritet asosda ikki mamlakatning diplomatik yoki rasmiy pasport egalari bo‘lgan fuqarolariga vizasiz kirish rejimini joriy etish to‘g‘risida kelishuvga erishilgan edi.

Kelishuvni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya hukumatlari tomonidan 2020-yil 1-martdan boshlab diplomatik va rasmiy passport egalariga nisbatan quyidagi holatlarda qo‘llaniluvchi vizasiz kirish rejimini joriy etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi:

– diplomatik yoki konsullik faoliyatini amalga oshirish, hukumat vazifalarini bajarish uchun mamlakatlarda bo‘lib turish muddatida, jumladan ular bilan doimiy yashaydigan oila a’zolari (turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan bolalari);

– diplomatik va konsullik faoliyati, xususan hukumat topshirirqlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlarda tashriflar uchun 90 kungacha.



Marta o`qilgan: 1245