×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
05:36:38 (GMT +5), chorshanba, 8 - iyul 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


3 - mart 2020

Chet elda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishi tartibini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha vazifalarni bajarish doirasida Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xorijga chiqish uchun biometrik pasportni rasmiylashtirish va berish tizimini takomillashtirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, 2020-yil 1-martdan boshlab MDH mamlakatlarida istiqomat qiluvchi va konsullik ro‘yxatida turgan O‘zbekiston fuqarolari ushbu mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarida xorijga chiqish uchun biometrik pasport olishlari mumkin.

Shu o‘rinda respublika fuqarolari xorijga chiqish uchun biometrik pasportni olish va qabulga yozilish (biografik ma’lumotlar va biometrik parametrlarni topshirish maqsadida) uchun https://consulate.mfa.uz veb-portali orqali elektron ariza to‘ldirishlari mumkin.

Shuningdek, vazirlik tomonidan chet el mamlakatlarida pasport rasmiylashtirish tizimini bosqichma-bosqich tadbiq etish ustida ish olib borilmoqda va uning natijalari to‘g‘risida vatandoshlar o‘z vaqtida xabardor qilinadi.

Bundan tashqari, 1-martdan boshlab https://consulate.mfa.uz veb-portalida konsullik ro‘yxatiga olish interaktiv tizimi joriy etilgan bo‘lib, buni fuqarolar masofadan turib O‘zbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga shaxsan kelmasdan amalga oshirish mumkin.



Marta o`qilgan: 1409