×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
10:07:26 (GMT +5), chorshanba, 27 Маy 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


29 - fevral 2020

Qatardagi “Tolibon” harakati siyosiy vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv

2020-yilning 28-fevral kuni Doxa shahriga amaliy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Qatardagi “Tolibon” harakati siyosiy vakolatxonasi rahbari mulla Barodar Axund bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Afg‘onistonda barqaror va uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish maqsadida tinch siyosiy jarayonni ilgari surish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Mulla Barodar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Afg‘oniston muammolariga doimiy e’tibor qaratgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. U O‘zbekistonning sa’y-harakatlari tufayli afg‘on mojarosi yana xalqaro hamjamiyatning diqqat markazida ekanligini e’tirof etdi.

“Tolibon” harakati siyosiy vakolatxonasi rahbari, tarixning murakkab mashaqqatlariga qaramay O‘zbekiston afg‘on xalqining eng ishonchli do‘sti bo‘lgani va ekanligini ta’kidladi, bu ayniqsa Afg‘oniston tinchlik va iqtisodiy ko‘makka juda muhtoj bo‘lgan hozirgi vaqtda yaqqol namoyon bo‘ldi.

Shu o‘rinda mulla Barodar O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinch siyosiy jarayonni boshlash, mamlakatda turli iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlarini alohida ta’kidladi, ularning asosiy maqsadi afg‘on xalqining farovonligi va rivojlanishi, Afg‘onistonning tinch va barqaror davlat sifatida taraqqiy etishi ekanligi qayd etildi.



Marta o`qilgan: 1491