×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
02:32:21 (GMT +5), payshanba, 2 - aprel 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


27 - fevral 2020

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

Mamlakatimizning Vladivostok shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2020-yil 19-fevral kuni Komsomolsk-na-Amure shahrida O‘zbekiston fuqarosi N.X. qurilayotgan obyektning tomidan tushib ketishi oqibatida vafot etgan.

26-fevral kuni konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar hal qilinganidan so‘ng N.X.ning va Xabarovsk shahrida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi oqibatida vafot etgan boshqa hamyurtimiz S.F.ning jasadlari “Xabarovsk-Toshkent” to‘g‘ridan-to‘g‘ri charter reysi bilan vatanga yuborildi.

Bosh konsulxona Xabarovsk o‘lkasidagi o‘zbek diasporasi faollariga tashkiliy masalalarni hal etishda va hamyurtlarimizning jasadlarini yuborishda ko‘rsatgan beg‘araz yordami uchun minnatdorchilik izhor etadi.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi hamda eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Uzoqsharqiy federal okrugi (Amur viloyati, Kamchatka o‘lkasi, Magadan viloyati, Primorye o‘lkasi, Saxa Respublikasi – Yoqutiston, Saxalin viloyati, Yahudiy avtonom viloyati, Xabarovsk o‘lkasi, Chukotka avtonom okrugi) hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-423-260-48-00, +7-951-018-70-07.



Marta o`qilgan: 359