×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
22:49:56 (GMT +5), shanba, 6 - iyun 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


15 - fevral 2020

O‘zbekiston Elchixonasidagi davra suhbati

2020-yilning 13-fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori, akademik Akmal Saidovning Buyuk Britaniyaga tashrifi doirasida O‘zbekiston Elchixonasida Prezident Shavkat Mirziyoyevning parlamentga Murojaatnomasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Buyuk Britaniyaning ijtimoiy-siyosiy, ishbilarmonlik va fan-ta’lim doiralari vakillari hamda vatandoshlarimiz va Britaniya oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan talabalar ishtirok etdi.

Akmal Saidov O‘zbekiston oldida turgan ustuvor strategik vazifalarni bajarish bo‘yicha o‘ziga xos “yo‘l xaritasi” bo‘lib xizmat qiluvchi davlatimiz rahbari Murojaatnomasining asosiy mazmunini batafsil tushuntirib berdi. Hujjatning nafaqat parlametnga, balki butun O‘zbekiston xalqiga va xalqaro hamjamiyatga yo‘llanganligi qayd etildi.

Harakatlar strategiyasidagi vazifalarni bajarish hamda BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishishda parlamentning rolini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Murojaatnomadagi BRMga erishish bo‘yicha qonunchilik va institutsional asoslarni yaratish to‘g‘risidagi novatorlik tashabbuslari ko‘rsatib o‘tildi.

Xorijlik sheriklar bilan xalqaro, jumladan BMT darajasidagi tashabbuslarni amalga oshirishdagi hamkorlikni chuqurlashtirishga urg‘u berildi. Xususan, Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi BMT Konvensiyani ishlab chiqish va qabul qilish, O‘zbekistonning Inson huquqlari bo‘yicha BMT Xavfsizlik kengashida faol ishtirok etishi borasida hamkorlik qilish.

Forum ishtirokchilari tomonidan nafaqat korrupsiyaga qarshi kurashish, qashshoqlik darajasini kamaytirish, fuqarolik berish kabi ta’sirchan muammo va tahdidlar tahlil qilib berilgan, balki ularni hal etish yo‘llari belgilab berilgan Murojaatnomaning konseptual ahamiyati e’tirof etildi.

Prezident va Parlamentga hisob beruvchi maxsus korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organni hamda aholi va davlat o‘rtasidagi ko‘prik rolini o‘ynovchi Jamoatchilik palatasini tuzish bo‘yicha tashabbuslar ijobiy baholandi. OAV mustaqilligini yanada mustahkamlash, parlament nazoratini kuchaytirish hamda mahalliy vakillik organlari maqomi va ta’sirini ko‘tarish bo‘yicha mamlakat yetakchisining takliflari dolzarbligi qayd etildi.

Davra suhbatida ishtirok etgan Britaniya ishbilarmonlik doiralari vakillari O‘zbekiston Prezidentining 5-6-mart kunlari birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumini o‘tkazish tog‘risidagi tashabbusiga alohida e’tibor qaratdi. Talaygina britaniyalik biznesmenlarning forumda ishtirok etishga qiziqish bildirishi O‘zbekistondagi o‘zgarishlarga ishonchning oshayotganidan, ishbilarmonlik va investitsiya muhitining haqiqatda yaxshilanayotganligidan dalolat berishi e’tirof etildi.

Umuman olganda, davra suhbati ishtirokchilari O‘zbekiston Prezidentining Murojaatnomasi barcha yo‘nalishlardagi, jumladan parlamentlararo aloqalar sohasidagi ikki tomonlama O‘zbekiston-Britaniya hamkorligini chuqurlashtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishiga ishonch bildirdi.



Marta o`qilgan: 1606