×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
10:58:02 (GMT +5), yakshanba, 29 - mart 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


12 - fevral 2020

“The Economist” jurnali rahbariyati bilan uchrashuv

2020-yilning 11-fevral kuni O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi Elchisi Said Rustamov ushbu mamlakatning yetakchi moliyaviy jurnali “The Economist” bosh ofisiga tashrif buyurdi va jurnal bosh muharriri Zanni Beddoes bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning natijalari muhokama qilindi, ushbu islohotlar asosida O‘zbekiston mazkur nufuzli nashr tomonidan “yil mamlakati” deb e’tirof etilganligi qayd etildi.

O‘zbekiston Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan va yaqin kelajakda respublikani rivojlantirishga yo‘naltirilgan strategik topshiriqlarga alohida e’tibor qaratildi.

“The Economist” rahbariyati nashr o‘quvchilarining, ayniqsa xalqaro ishbilarmon doiralari vakillarining O‘zbekistondagi iqtisodiy erkinlashtirish jarayonlariga qiziqishini qayd etar ekan, mamlakatdagi islohotlarni yoritishda davom etish niyatini bildirdi. Xususan, “The Economist” muxbirini joriy yil 5-6-mart kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro investitsiya forumida ishtirok etuvchi jurnalistlar qatoriga kiritish to‘g‘risida kelishib olindi.

Zanni Beddoes, shuningdek, 1990-yillarda O‘zbekistonga tashriflari haqida o‘zining ijobiy taassurotlari to‘g‘risida so‘zlab berdi va kelajakda mamlakatimizga yana tashrif buyurishga qiziqish bildirdi.



Marta o`qilgan: 1137