×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
22:14:15 (GMT +5), yakshanba, 31 Маy 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


29 - yanvar 2020

Minsk shahrida O‘zbekistonning MDHdagi raisligi doirasida ilk bor Doimiy vakillar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2020-yilning 29-yanvar kuni Minsk shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov O‘zbekistonning MDHdagi raisligi doirasida Hamdo‘stlik ishtirokchi mamlakatlarining Doimiy muxtor vakillari kengashining joriy yildagi ilk yig‘ilishida ishtirok etdi.

Kengash yig‘ilishida MDH ishtirokchi mamlakatlarining doimiy muxtor vakillari, MDH Ijroiya qo‘mitasi rahbariyati va mas’ul xodimlari, MDH Iqtisodiy kengashi huzuridagi Iqtisodiy masalalar bo‘yicha komissiya va Hamdo‘stlik Ijroqo‘mining Moskva bo‘linmasi vakillari ishtirok etdi.

Doimiy muxtor vakillar 2020-yil 3-aprel kuni Olmaota shahrida bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi kun tartibi loyihasini shakllantirdilar.

Kun tartibi loyihasiga Hamdo‘stlik doirasida ko‘p darajali vazirliklararo maslahatlashuvlar jadvali rejasini amalga oshirish, xalqaro yoshlar hamkorligini rivojlantirish, MDH Tarmoqli universiteti faoliyatini yo‘lga qo‘yish, turizm, jismoniy tarbiya va sport, madaniyat, xavfsizlik, tashqi chegaralarni qo‘riqlash, korrupsiyaga qarshi kurashish sohalarida hamkorlik qilish masalalari kiritildi.

Yig‘ilishda MDH ustav va boshqa organlari huzuridagi Hamdo‘stlik ishtirokchi mamlakatlarining Doimiy muxtor vakillari kengashining 2020-yildagi faoliyati rejasi ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi.

Hamdo‘stlik yuqori organlari yig‘ilishlari kun tartibini shakllantirish va ular qabul qilgan qarorlarni amalga oshirish, 1941 — 1945-yillarda Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligi doirasidagi tadbirlarni tashkillashtirish masalalariga alohida urg‘u berildi. Turli yo‘nalishlar bo‘yicha sohaviy hamkorlik organlari faoliyatini takomillashtirish, Hamdo‘stlik doirasida qabul qilingan konseptual hujjatlarni bajarish jarayonini monitoring qilish bo‘yicha ishlarni an’anaviy davom ettirish rejalashtirilmoqda.

MDH ustav va boshqa organlari huzuridagi Hamdo‘stlik ishtirokchi mamlakatlarining Doimiy muxtor vakillari kengashining navbatdagi yig‘ilishi 25-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.



Marta o`qilgan: 1492