×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
21:07:03 (GMT +5), shanba, 15 - avgust 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Standart versiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


23 - yanvar 2020

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

O‘zbekistonning Xitoydagi Elchixonasi Xubey provinsiyasining Uxan shahrida koronavirus tarqalishiga oid vaziyatni doimiy ravishda kuzatib bormoqda. Rasmiylarga ko‘ra, shaharda maxsus shoshilinch shtab joylashtirilgan va 2020-yil 23-yanvar soat 10:00 dan boshlab jamoat transporti (avtobuslar, metro, paromlar va boshqalar) vaqtincha to‘xtatildi, aeroport va temir yo‘l stansiyalaridan chiqadigan reyslar bekor qilindi. Shahardan chiqish yo‘llari yopilgan. Shaharning barcha transport vositalari huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan nazoratga olingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra Uxan shahrida 250 nafar atrofida O‘zbekiston fuqarolari, asosan oliy ta’lim muassasalari talabari yashaydi. Ularning nisbatan ko‘pchiligi semestr yakunlanganligi sababli vatanga qaytishgan. Elchixona ma’lumoti bo‘yicha hozirda shaharda 30 ortiq O‘zbekiston fuqarolari bo‘lishi mumkin. Ularga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish uchun “Wechat” ijtimoiy tarmog‘ida “Uxan 2020 O‘zbekiston” guruhi tuzildi. Talabalarga xotirjamlikni saqlash, zaruriy ehtiyot va profilaktika choralariga amal qilish kerakligi tushuntirildi, Elchixona konsullik bo‘limi xodimlarining telefon raqamlari berildi.

Mazkur yo‘nalishda ishlar davom ettirilmoqda.

TIV Konsullik-huquqiy departamenti Xitoy hududidagi O‘zbekiston fuqarolariga zarurat tug‘ilgan holatlarda mamlakatimizning Pekin shahridagi Elchixonasiga (tel.: +8610-6532-6305) hamda Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasiga (tel.: +8621-6307-1896) murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi.



Marta o`qilgan: 2090