×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
00:50:11 (GMT +5), yakshanba, 23 - fevral 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


15 - yanvar 2020

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Hindistondagi xalqaro konferentsiyada nutq so‘zladi

2020-yilning 15-yanvar kuni Dehli shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hindiston Tashqi ishlar vazirligi shafeligida o‘tkazilayotgan “Raisina Dialogue” 5-xalqaro konferensiyasida nutq so‘zladi.

“Raisina Dialogue” - global va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish bo‘yicha xalqaro forum bo‘lib unda tashqi siyosat idoralari rahbarlari, vazirlar, sobiq davlat va hukumat rahbarlari, deyarli barcha qit’alardan parlament vakillari, ekspert-siyosiy doiralar ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari o‘z nutqida qayd etganidek, “Raisina Dialogue” tashkil topganidan beri to‘rt yil davomida o‘zini mintaqaviy va global rivojlanishning asosiy muammolari yuzasidan fikr almashish uchun dunyodagi eng nufuzli va e’tirof etilgan maydonlardan biri sifatida o‘z o‘rnini topdi. Dehli shahrida o‘tkazilgan forumning yuqori mavqeyi dunyoning iqtisodiy markazlaridan biri, eng yirik demokratiyasi va Janubiy Osiyodagi muhim o‘yinchi sifatidagi Hindistonning ulkan salohiyatidan dalolat beradi.

“Bugun dunyo jadal o‘zgarib bormoqda, mutlaqo yangi tendensiyalar kuch yig‘moqda, – dedi vazir. - Jahon iqtisodiyotida tub o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Davlatlarning o‘zaro bog‘liqligi va ular iqtisodiyotlarining mushtarakligi o‘sib bormoqda. Shu bilan birga, zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimining noaniqligi va beqarorligi saqlanib qolmoqda. Mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikni ta’minlash muammolarini va mahalliy nizolarni hal qilish shartlari yanada murakkablashmoqda”.

Jahonda ro‘y berayotgan global jarayonlar yetakchi dunyo kuchlarining raqobatlashayotgan manfaatlari kesishgan Markaziy Osiyodagi vaziyatga ta’sir o‘tkazmay qolmaydi. Mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikka bevosita ta’sir ko‘rsatadigan beqarorlik o‘choqlari mintaqa yaqinida saqlanib qolmoqda.

“Shu bilan birga, ushbu muammolar mintaqamizni bo‘lmayapti, aksincha birlashtirmoqda”, – deya ta’kidladi Abdulaziz Kamilov. – Markaziy Osiyo bugungi kunda mintaqaviy hamkorlik, siyosiy ishonchni mustahkamlash ijobiy jarayonlarining rivojlanishi, manfaatlarni o‘zaro inobatga olish va oqilona murosa tamoyillari asosida mintaqa davlatlarining umumiy muammolarni hal qilishga intilishining munosib namunalaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan ochiqlik va yaqin qo‘shnichilik tufayli Markaziy Osiyoda so‘nggi uch yil ichida ko‘plab jiddiy mintaqaviy muammolarni hal qilishga imkon beradigan mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratildi”.

Eng hayratlanarli natijalar mintaqaviy savdoni kengaytirishda erishildi. Masalan, so‘nggi 3 yil ichida O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi savdo o‘rtacha 2,5 baravar oshdi.

Noyabr oyi oxirida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi ijobiy mintaqaviy rivojlanishning muhim bosqichlaridan biri bo‘ldi. Unda mintaqadagi barcha 5 davlat rahbarlari ishtirok etdi, bu esa ko‘p yillardan buyon ilk marta amalga oshirildi. Toshkentdagi muzokaralar davlat rahbarlarining uchrashuvlarini muntazam ravishda o‘tkazishga imkon berdi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari har yilgi maslahat uchrashuvlarini “mintaqadagi hamkorlikning dolzarb masalalarini konstruktiv va ochiq muhokama qilish va umumiy muammolarni hal qilish” bo‘yicha mintaqaviy muloqot maydoni sifatida tashkil etishga kelishib oldilar.

Qayd etilganidek, O‘zbekiston Afg‘onistondagi mojaroni hal etish bo‘yicha olib borilayotgan xalqaro sa’y-harakatlarni ma’qullaydi va qo‘llab-quvvatlaydi. Afg‘onistonni tinch hayotga qaytarishning muhim sharti bu mamlakatni mintaqaviy savdo-iqtisodiy aloqalar va transchegaraviy infratuzilma loyihalariga jalb qilish borasidagi sa’y-harakatlarni davom ettirishdir. Bu tinchlik jarayonining rivojlanishiga va Markaziy va Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq mintaqalarining transport-logistika va savdo-iqtisodiy bog‘lanishida Afg‘onistonning muhim bo‘g‘inga aylanishiga ko‘maklashadi.

“Hindiston an’anaviy ravishda mamlakatimizning tashqi siyosatida alohida o‘rin tutadi, – dedi TIV rahbari. – O‘zbekiston-Hindiston strategik hamkorligi jo‘shqin va uzliksiz yuksalib bormoqda. Ikki tomonlama rasmiy aloqalarning juda faolligi, jumladan, O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil oktabr oyida Hindistonga davlat tashrifi va 2019-yil yanvar oyida “Jo‘shqin Gujarat” konferensiyasida ishtirok etgani bundan dalolat beradi”.

Bugungi kunda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida barcha darajalarda faol almashinuv kuzatilmoqda, ularda hamkorlikning yangi shakllari va mexanizmlari qo‘llanilmoqda. Mamlakatlarimizning tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi hamkorlik hamda xalqaro masalalar bo‘yicha muloqot, jumladan, BMT va ShHT doirasidagi aloqalar muvaffaqiyatli rivojlanmoqda.

Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash tendensiyalari mintaqa mamlakatlarining Hindiston bilan hamkorligini har tomonlama chuqurlashtirish uchun misli ko‘rilmagan imkoniyatlar yaratmoqda.

Hindistonni Afg‘oniston orqali Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan birlashtiradigan yagona transport va tranzit tizimini shakllantirish alohida ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekistonda Dehlining Ashxobod bitimiga qo‘shilishi yuqori qadrlanadi. Ushbu rejalarning amalga oshirilishi butun Yevrosiyo makonida keng transmintaqaviy aloqalarni rivojlantirishga yangi turtki berishga qodir.



Marta o`qilgan: 857