×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
00:43:00 (GMT +5), yakshanba, 23 - fevral 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


15 - yanvar 2020

Estoniya TIV rahbari bilan uchrashuv

2020-yilning 15-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Dehli shahrida (Hindiston) bo‘lib o‘tayotgan “Raisina Dialogue” 5-xalqaro konferensiyasida ishtirok etish doirasida Estoniya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Urmas Reynsalu bilan uchrashdi.

Vazirlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Estoniya hamkorligini yanada rivojlantirishning istiqbollari bo‘yicha fikr almashdilar.

Tomonlarning ikki davlat tashqi siyosat idoralari hamkorligini, jumladan Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi muntazam siyosiy maslahatlashuvlarni o‘tkazish amaliyotini davom ettirish yo‘li bilan faollashtirishga tayyorligi tasdiqlandi.

Uchrashuvda ikki mamlakat iqtisodiy hamkorligini muvofiqlashtiruvchi va ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi sherikchilikni kengaytirish imkonini beruvchi, savdo-iqtisodiy va investitsiya aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi qo‘shma organ tuzish taklif etildi.

Turizm sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirildi. 2019-yil 1-fevraldan O‘zbekiston tomonidan 30 kun muddatga dunyoning 45 davlati, jumladan Estoniya fuqarolari uchun vizasiz tartibning joriy qilisnishi mazkur sohadagi hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini ochishi qayd etildi.

Ikki tomonlama munosabatlarning shartnoma-huquqiy negizini kengaytirishga va hamkorlikning yuridik asosini xatlovdan o‘tkazish taklifiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston va Estoniya Tashqi siyosat idoralari rahbarlari ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalarni ham muhokama qildilar.



Marta o`qilgan: 752