×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
22:02:18 (GMT +5), shanba, 26 - sentabr 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


15 - yanvar 2020

O‘zbekiston vakillari Berlindagi “Yashil haftada” ishtirok etadi

2020-yilning 16-19-yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev boshchiligidagi delegatsiya Germaniya Federativ Respublikasiga tashrif buyuradi.

Tashrif chog‘ida O‘zbekiston delegatsiyasi “Yashil hafta – 2020” xalqaro ko‘rgazmasi va Qishloq xo‘jaligi vazirlarining Berlin konferensiyasida ishtirok etadi.

Mamlakatimizning Germaniyasdagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 1926-yildan beri o‘tkazib kelinadigan “Yashil hafta” (Internationale Grüne Woche) nufuzli ixtisoslashtirilgan forumlardan biri bo‘lib, yetakchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va oziq-ovqat sanoati korxonalari uning qatnashchilari hisoblanadi.

“Yashil hafta” xalqaro ko‘rgazmasida qator yirik tashqi savdo kompaniyalari hamda mamlakatimizning turli hududlaridagi fermer xo‘jaliklari O‘zbekistonning agrosanoat salohiyatini namoyish etadilar va maydoni 400 kv.m. dan oshiq yagona milliy stendda o‘z mahsulotlari taqdimotini o‘tkazadilar.

O‘zbekiston delegatsiyasining Berlinga tashrifi dasturida ishbilarmon sheriklar bilan uchrashuvlar o‘tkazish bilan bir qatorda Germaniyaning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi Federal vaziri Yuliya Klyokner hamda Polsha, Belarus, Livan, Moldova, Ukraina va boshqa davlatlarning qishloq xo‘jaligi vazirlai bilan muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.



Marta o`qilgan: 1700