×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
22:42:12 (GMT +5), yakshanba, 12 - iyul 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


15 - yanvar 2020

Chexiya TIV rahbari bilan uchrashuv

2020-yilning 15-yanvar kuni Hindistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Chexiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Tomash Petrshichek bilan uchrashdi.

Vazirlar ikki tomonlama asosdagi va “O‘zbekiston-Yevroittifoq”, “Vishegrad guruhi – Markaziy Osiyo” shakllaridagi O‘zbekiston-Chexiya munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildilar hamda xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Suhbat chog‘ida rejalashtirilayotgan oliy darajadagi sammitga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Muzokaralarda savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari ham ko‘rib chiqildi. Mazkur jabhadagi aloqalarning faollashtirilishi mahsulotlarni o‘zaro yetkazib berish nomenklaturasini kengaytirish va tovar aylanmasi hajmini oshirish, yangi zamonaviy qo‘shma korxonalarni ishga tushirish imkonini beradi.

Ikki mamlakatning turizm sohasidagi boy tajribasi, saqlanib kelinayotgan an’analari va ulkan salohiyati, ta’kidlanganidek, mazkur tarmoqdagi hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar beradi. Shu jihatdan 2019-yil 1-fevraldan Chexiya fuqarolariga 30 kungacha O‘zbekistonga kirish uchun vizasiz tartib joriy etilishining muhimligi e’tirof etildi.

Uchrashuvda xalqaro tashkilotlar doirasidagi sherikchilikni yanada kengaytirishning samarali mexanizmlari ham ko‘rib chiqildi.



Marta o`qilgan: 1587