×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
00:38:56 (GMT +5), yakshanba, 23 - fevral 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


14 - yanvar 2020

Hindiston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

2020-yilning 14-yanvar kuni Dehli shahriga amaliy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Subrahmanyam Jaishankar bilan uchrashdi.

Suhbat boshida O‘zbekiston TIV rahbari Hindiston Tashqi ishlar vazirligi shafeligida o‘tkazilayotgan “Raisina Dialogue” beshinchi xalqaro konferentsiyasiga taklif uchun minnatdorlik izhor etdi.

Uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Narendra Modi o‘rtasidagi muhim kelishuvlarga asoslangan O‘zbekiston-Hindiston hamkorligining holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Vazirlar 2020-yilda bo‘lib o‘tadigan oliy va boshqa darajalardagi uchrashuvlar jadvali, qo‘shma tadbirlar o‘tkazish muddatlari bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdilar.

O‘zbekiston va Hindiston iqtisodiy sohadagi hamkorlikni kengaytirishga ustuvor ahamiyat berishi ta’kidlandi.

Afg‘oniston masalasiga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston va Hindistonning Afg‘onistondagi vaziyatni tezroq barqarorlashtirishdan manfaatdorligi tasdiqlandi, bu esa mintaqadagi hamkorlikni faollashtirish va kengaytirish uchun keng imkoniyatlarni ochib berishi qayd etildi. Ushbu maqsadlarga erishishga 2019-yil yanvar oyida Samarqand shahrida ilk bor o‘tkazilgan tashqi ishlar vazirlari darajasida Afg‘oniston ishtirokidagi “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqoti majlislarining muntazam o‘tkazilishi ham ko‘maklashadi.

Uchrashuvda madaniy-gumanitar, ayniqsa, ta’lim va fan sohalaridagi aloqalarni mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.



Marta o`qilgan: 634