×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
23:14:00 (GMT +5), payshanba, 1 - oktabr 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


13 - yanvar 2020

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

Mamlakatimizning Aqtau shahridagi (Qozog‘iston) Bosh konsulxonasi 2020-yil 12-yanvar kuni Samara-Chimkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan va ichida 53 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus Aqtobe viloyati hududida texnik nosozlik tufayli to‘xtab qolgani to‘g‘risida OAVda tarqalgan ma’lumotni tasdiqladi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar departamenti xodimlarining tezkor harakatlari va professional faoliyati natijasida yo‘lovchilarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatildi, ular yaqin oradagi kempingga vaqtincha joylashtirildi va tibbiy yordamga ehtiyoj yo‘q. 13 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da avtobus remont ishlari yakunlangach, marshrut bo‘yicha harakatlanishda davom etdi.

Bosh konsulxona, shuningdek 13-yanvar kuni Aqtobe – Orenburg trassasida yo‘l-transport hodisasi yuz bergani, natijada voqea joyida haydovchi, O‘zbekiston fuqarosi E.M. halok bo‘gani, yana bir vatandoshimiz I.K. turli jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgani haqida ham xabar berdi.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va Qozog‘istonning tegishli organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

TIV Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi hamda yana bir bor O‘zbekiston fuqarolari e’tiborini avtobuslarda yoki avtomobil transportining boshqa turlarida qish mavsumida Qozog‘istonga kirishda yoki uning hududidan o‘tishda ehtimoliy xatarlarni hisobga olish va tegishli choralar ko‘rish zarurligiga qaratadi.

Qozog‘iston hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari, jumladan tranzit bilan boshqa davlatga o’tayotgan yurtdoshlarimiz, zarur hollarda mamlakatimizning Nur-Sulton shahridagi Elchixonasiga (Nur-Sulton shahri, Aqmo‘la, Shimoliy Qozog‘iston, Pavlodar, Qostanay va Qarag‘anda viloyatlari, tel.: +7-717-295-45-87, +7-777-218-20-10 (Telegram, Whatsapp, Imo); Aqtau shahridagi Bosh konsulxonaga (Aqto‘be, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston va Mangistau viloyatlari, tel.: +7-29-277-71-17, +7-777-599-00-50, +7-777-599-00-51); Olmaota shahridagi Bosh konsulxonaga (Olmaota shahri, Chimkent shahri, Olmaota viloyati, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari, tel.: +7-727-299-20-70, +7-727-390-26-16) murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz.



Marta o`qilgan: 2010