O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
12 - yanvar 2020

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

Mamlakatimizning Polshadagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2020-yil 8-yanvar kuni sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi I.R. ko‘p sonli jarohatlar bilan og‘ir ahvolda Varshava shahridagi Milliy mudofaa vazirligi Harbiy-tibbiy instituti Markaziy klinik shifoxonasining intensiv terapiya klinik bo‘linmasiga yotqizilgan va muolaja olmoqda.

YTH bo‘yicha Varshava shahrida politsiya tergov tadbirlarini olib bormoqda.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra I.R. universitetlardan birining talabasi hisoblanadi.

Elchixona Konsullik bo‘limi vakillari klinikaga borib bemorning holidan xabar oldilar va hamyurtimizning qarindoshlarini qidirishmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti Polsha hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda O‘zbekistonning Varshava shahridagi Elchixonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +48-22-894-62-30 (2)



Marta o`qilgan: 878