×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
01:21:31 (GMT +5), yakshanba, 23 - fevral 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


11 - yanvar 2020

Milliy armiyamizni yanada takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev Vatan himoyachilari bayrami arafasida, 2020-yil 10-yanvar kuni Qurolli Kuchlar Akademiyasiga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari bu yerga 2017-yil yanvar oyida kelib, harbiy taʼlimni takomillashtirish, oʻsha paytdagi Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti negizida mutlaqo yangi oʻquv muassasasi tashkil etish boʻyicha koʻrsatmalar bergan edi. Koʻp oʻtmay, Prezidentning tegishli qarori qabul qilinib, bu yerda xorijning ilgʻor texnologiyalari va zamonaviy oʻquv vositalarini mujassam etgan Qurolli Kuchlar akademiyasi tashkil etildi. 2018-yil yanvarda Oliy Bosh Qoʻmondon mazkur yangilangan taʼlim maskani faoliyati bilan tanishgan edi.

Bugun akademiya ham sharoit, ham mazmun jihatidan tubdan oʻzgargan. Auditoriyalar kompyuter texnikasi, oʻquv va laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlangan. Zamonaviy situatsion markaz, trenajyorlar tashkil etilgan.

Oʻtgan yili bu yerda modernizatsiya ishlari davom ettirilib, yangi obyektlar qurildi. Kursantlarning oʻqishi va jangovar mashgʻulotlar oʻtashi, sport bilan shugʻullanishi uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratildi.

Akademiya qoshida mamlakatimizning barcha harbiy taʼlim yoʻnalishidagi oliy va oʻrta maxsus bilim yurtlarida oʻquv jarayoni va ilmiy ishlarni muvofiqlashtiradigan Ilmiy-metodik kengash tuzildi.

Prezidentimiz oʻquv muassasasi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha saʼy-harakatlar natijasi hamda foydalanishga topshirilgan zamonaviy taʼlim infratuzilmasi obyektlari bilan tanishdi.

Oʻquv binosida harbiy texnikaning asosiy namunalari boʻyicha dinamik kompyuter trenajyorlar imkoniyatlari namoyish qilindi, akademiya kursantlarining ixtirochilik va innovatsion ishlanmalari haqida maʼlumot berildi.

– Barcha sohalar qatori harbiy taʼlim boʻyicha ham doimo zamon bilan birga qadam tashlashimiz, kerak boʻlsa, undan oldinda yurishimiz zarur. Harbiylarimiz, kursant va tinglovchilar eng ilgʻor, innovatsion bilim va koʻnikmalarni egallashi, soha boʻyicha dunyodagi yangiliklardan xabardor boʻlishi, doim izlanishi lozim, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentimiz kursantlarni mamlakatimiz hayotidagi muhim voqea – Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladi. Oʻquv xonalari, yotoqxona va suzish havzasidagi sharoitlarni koʻzdan kechirdi.

Shu kunning oʻzida Qurolli Kuchlar Akademiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida Xavfsizlik kengashining milliy armiyamizni yanada rivojlantirish va isloh qilish masalalariga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Xavfsizlik kengashi aʼzolari, Qurolli Kuchlar, vazirlik va idoralar rahbarlari, videokonferensaloqa orqali esa hududlar rahbarlari, harbiy okrug va harbiy qismlar qoʻmondonligi, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida axborot berildi.

Yigʻilishda Qurolli Kuchlarni rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan keng koʻlamli ishlar sarhisob qilinib, vazirlik va idoralar hamda mahalliy hokimiyat organlarining milliy armiyamizni rivojlantirish va isloh qilish borasidagi faoliyatiga tanqidiy baho berildi.

Prezidentimiz 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi asosida mamlakat hayotining boshqa sohalari bilan bir qatorda harbiy qurilish yoʻnalishida keng miqyosli modernizatsiya ishlari amalga oshirilgani, bu bilan qisqa davrda aniq natijalarga hamda Qurollik Kuchlarimiz qiyofasi boʻyicha strategik yondashuvni shakllantirishga erishilganini taʼkidladi.

Hozirgi axborot makonidagi qarama-qarshilik, odamlar, ayniqsa yosh avlodning ongi va qalbi uchun kurash kuchaygan sharoitda harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaning oʻrni va ahamiyati tobora ortib borayotgani alohida qayd etildi.

Aholini, avvalo, yoshlarni shunday ruhda tarbiyalash tizimini takomillashtirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoniga jalb qilish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish boʻyicha qoʻshimcha topshiriqlar berildi.

– Armiya moddiy jihatdan eng zamonaviy va zarur vositalar bilan taʼminlangan boʻlishi mumkin, lekin ahloqiy jihatdan zaifligi, jangovar ruhi, Vatanga sodiqlik va muhabbat, uning taqdiri uchun masʼuliyat hissi yoʻqligi yoki loqaydlik tuzatib boʻlmas oqibatlarga olib kelishi mumkin, – deya taʼkidladi davlatimiz rahbari.

Bundan tashqari, Qurolli Kuchlarni isloh qilish va rivojlantirishning boshqa muhim yoʻnalishlari koʻrib chiqildi.

Yigʻilish yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash sohasida kelgusi ishlarni tashkillashtirish boʻyicha vazifalar belgilandi.



Muallif: O‘zA
Marta o`qilgan: 872