×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
13:32:26 (GMT +5), dushanba, 25 Маy 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


9 - yanvar 2020

O‘zbekiston Elchisi Brussel press-klubida nutq so‘zladi

2020-yilning 7-yanvar kuni O‘zbekistonning Beniluks mamlakatlaridagi Elchisi Dilyor Xakimov Brussel press-klubida mamlakatimizning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII) bilan hamkorligi mavzusida nutq so‘zladi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston milliy manfaatlarga asoslangan ochiq, o‘zaro foydali va konstruktiv tashqi siyosat yuritmoqda. Qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va jahon hamjamiyatiga integratsiyalashish ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Yangi iqtisodiy siyosat sharoitida O‘zbekiston biron bir xorijiy davlatlar yoki xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, shuningdek, integratsion birlashmalar bilan hamkorlik qilishda o‘zini chetga olish maqsadida emas.

Xususan, hozirgi vaqtda O‘zbekiston Armaniston, Belorusiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyani birlashtirgan YOII bilan hamkorlik masalalarini o‘rganishni boshladi. Ushbu mamlakatlar yirik bozor va muhim tranzit yo‘lagi sifatida O‘zbekistonda qiziqish uyg‘otadi. YOIIga a’zo davlatlar bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni kuchaytirish ham muhim ahamiyatga ega.

Elchi ta’kidlaganidek, YOII bilan hamkorlik masalalarida faqatgina iqtisodiy aloqalar to‘g‘risida so‘z bormoqda va bu jarayon boshqa birlashmalar doirasidagi majburiyatlarni rad etishni anglatmaydi. O‘zbekiston boshqa davlatlar, shu jumladan YOIIga a’zo bo‘lmagan mamlakatlar, shuningdek, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar bilan yaqin sheriklik, iqtisodiy va savdo aloqalarini saqlash va rivojlantirishni qat’iyan maqsad qiladi.

Brussel press-klubi YouTube portalidagi o‘z sahifasida videosyujetni joylashtirdi va o‘z obunachilari orasida nutq tezislarini tarqatdi.



Marta o`qilgan: 1065